Get Mystery Box with random crypto!

Barcha Green Card lotareyasida ishtirok etayotganlar diqqatiga | Green card

Barcha Green Card lotareyasida ishtirok etayotganlar diqqatiga!!! So'nggi kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlar orqali, lotareya ishtirokchilari uchun turli hil habarlar kelmoqda. Asosan, Amerika telefon raqami orqali Telegram ijtimoiy tarmog'i orqali ingliz tilida habar yozib, siz keyingi bosqichga o'ttingiz, yoki yutdingiz deb turli tuman shartnomalarga qo'l qoydirib to'lov talab qilish holatlari ko'zga tashlanmaoqda.

Bularning barchasi yolg'on!!! Aldanib qolmang, yutuq chiqqanini faqat va faqat "Confirmation number" orqali dvprogram.state.gov web saytiga kirib tekshirib bilish mumkin. Sizga kimdir telefon qilsa yoki email orqali habar yozib yutdingiz desa, toki tekshirmaguncha ishonmang va hech qanday to'lov ham qilmang!!!

Eslatib o'tamiz, 2021 yil oktabr va noyabr oylari o'rtasida ro'yhatga olingan Green Card javoblari faqat 2022 yil 8 Maydan so'ng chiqadi!