Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqishini xorijga grant asosida koʻchirmoqchi boʻlganlar, qaye | Hujjat topshirish jarayonlari

Oʻqishini xorijga grant asosida koʻchirmoqchi boʻlganlar, qayerdasizlar? :)

Nima gap oʻzi?

Yaponiyadagi 1-raqamli, dunyoda nufuzi boʻyicha 23-oʻrinda turuvchi Tokio universiteti xorijlik bakalavriat talabalariga oʻqishni ushbu universitetga grant asosida koʻchirish imkonini taklif etmoqda (Global Science Course dasturi).

Dastur toʻliq ingliz tilida; hujjat topshirish va oʻqish uchun yapon tilini bilish shart emas.

Grant nimalarni oʻz ichiga oladi?

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1300 dollar stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kurslari
– Yordam uchun masʼul shaxs biriktiriladi

Kimlar topshirishi mumkin?

Hozirda oliy ta'lim muassasasida 2, 3 va 4-kursda o'qiyotgan talabalar ariza topshira oladi. Qabul qilinganlar Tokio universitetida oʻqishni 3-kursdan davom ettiradi.

Bundan tashqari, nomzod kimyo fanidan, shuningdek, matematika, fizika va biologiya fanlarining kamida 2 tasi bo’yicha universitetning bakalavr kurslarida boshlang’ich ta’limni olgan bo’lishi kerak.

IELTS 6.5 talab qilinadi.

Qaysi soha boʻyicha oʻqiladi?

Qabul qilingan talabalar kimyo sohasi boʻyicha oʻqiydi va tadqiqot olib boradi. Lekin oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha bakalavriatda oʻqiyotgan boʻlishi shart emas (talablarga mos boʻlsa, sohasi boshqa boʻlsa ham topshirish mumkin).

Qabul qachongacha?

Arizalar 2023-yil, 23-mart, soat 13:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot bormi?

Bor. Batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Boshqa universitet va davlatlarga ham oʻqishni grant asosida koʻchirsa boʻladimi?

Koʻp hollarda, ha, boʻladi. Bu haqida BU YERDA batafsil bilib oling.

@grantlar_namuna