Get Mystery Box with random crypto!

@Grantlar_namuna loyihasidan Vengriyada toʻliq grant asosida o | Hujjat topshirish jarayonlari

@Grantlar_namuna loyihasidan Vengriyada toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlarga maxsus yordam dasturi

Kimlar uchun?

Magistraturani Vengriyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Qanday grant va nimalarni qoplaydi?

Hozirda Vengriya hukumati granti Stipendium Hungaricum dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Toʻlov-kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– 100 dollar oylik stipendiya.
– Yotoqxonadan bepul turar joy beriladi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Talabaga Schengen vizasi beriladi.

Qanday yordam ko'rsatiladi?

– Kerakli barcha hujjatlarni (motivatsiya xatini ham) tayyorlashda bevosita yordam va maslahat.
– Arizani toʻgʻri, xatolarsiz va tartibli toʻldirish yuzasidan yoʻl-yoʻriq va yordam.
– Universitet va yoʻnalishlarni tanlash va topish yuzasidan yordam.
– Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtish yuzasidan maslahatlar va yoʻl-yoʻriqlar; berilishi mumkin boʻlgan savollar.
– Grant yutilganda viza olish uchun hujjatlarni tayyorlash va topshirish yuzasidan yordam / maslahat.
– Hujjat topshirish jarayonining boshidan oxirigacha yuzaga kelgan istalgan savolga javob berish va boshqalar.

Yordamni kim koʻrsatadi?

Yordam bevosita @grantlar_namuna jamoasi aʼzosi Dilnoza Fayziyeva tomonidan koʻrsatiladi.

Avvalgi yillar Dilnoza xuddi shu dastur uchun 6 nafar talabaga magistratura boʻyicha yordam koʻrsatgan. Ularning 4 nafari suhbat bosqichida oʻtgan va 3 nafari grantni qoʻlga kiritgan (BATAFSIL). Dilnozaning oʻzi ham shu grantni magistratura uchun yutib olgan.

Bu yordam xizmatimiz qanchalik sifatli ekanini koʻrsatadi.

Maʻlumot uchun: bu yil grantga Oʻzbekiston fuqarolari uchun jami 170 ta oʻrin ajratilgan.

Yordam xizmati pullik.

Xizmat haqi va xizmatdan foydalanish uchun quyidagi akkauntga murojaat qiling:

MUROJAAT QILISH

Stipendium Hungaricum dasturi haqida batafsil

@grantlar_namuna