Get Mystery Box with random crypto!

Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qili | Hujjat topshirish jarayonlari

Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qilishim kerak?

Aksariyat yoshlar xorijda oʻqish davomida albatta ishlashni (part-time) reja qiladi. Xoʻsh, bunda nimalarga eʼtibor qaratish lozim.

Shular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

1. Borayotgan davlatingiz tilini oʻrganing (imkon qadar).
Borayotgan davlatingizning tilini bilish – ish topishni siz oʻylagandan koʻra, ancha osonlashtiradi.

Agar davlat tili ingliz tili boʻlmagan mamlakatga ingliz tilida oʻqishga ketayotgan boʻlsangiz, mahalliy tilni ham imkon qadar oʻrganing: Yaponiyaga boʻlsa – yapon, Ispaniyaga boʻlsa – ispan, Germaniyaga boʻlsa – nemis tilini.

Albatta, davlat tilini bilmasdan turib ham amallab ish topish mumkin. Lekin bu oson kechmaydi. Shu sababli, hech boʻlmaganda kundalik suhbatlardagi oddiy soʻzlashuvlarni ham oʻrganib olgan maʼqul.

2. Ishlash ruxsati qanday olinishini oldindan tekshiring. Baʼzi davlatlarda ishlash ruxsati oʻsha davlatga yetib borishingiz bilanoq – aeroportning oʻzida berilishi mumkin (masalan, Yaponiyada shunday). Bunda odatda talabadan “Ishlash niyating bormi?” deb soʻraladi. Ha, desa, ruxsat muhrini urib berishadi. Yoʻq, desa ruxsat muhri urilmaydi.

Albatta, ruxsatni keyinchalik ham olish mumkin. Lekin bu uchun alohida ariza bilan mahalliy organga murojaat qilish va kutish kerak. Shu uchun aeroportning oʻzida ruxsatni olgan ancha oson va tez.

Koʻp davlatlarda aeroportda ishlash ruxsati berilmaydi. Bunday ruxsatni olish uchun masʼul mahalliy organga ariza bilan murojaat qilish kerak.

Ayrim davlatlarda esa talaba boʻlish avtomatik tarzda ishlash uchun ruxsat beradi: hech qanday ariza shart emas (masalan, Ruminiya).

Borishdan oldin ishlash ruxsati olish tartibini bilib olsangiz, oʻzingiz uchun oson kechadi.

3. Universitetning oʻzida ishlashingiz mumkinligini tekshiring. Koʻplab universitetlar oʻz talabalariga ish taklif qiladi. Borishdan oldin universitetingizdan talabalarga moʻljallangan ish bor yoki yoʻqligini soʻrab oling. Boʻlsa, ariza topshirishingiz mumkin.

4. Qonun boʻyicha haftasiga necha soat ishlash mumkinligini aniqlashtiring. Turli davlatlarda talabalarning bir haftada necha soat ishlashi haqidagi qoidalar turlicha boʻlishi mumkin.

Masalan, Avstraliyada talaba oʻqish payti haftasiga 20 soat, taʼtil paytida haftasiga 40 soatgacha ishlashi mumkin.

Yaponiyada esa talaba haftasiga 28 soatgacha ishlashi mumkin.

Imkon qadar shu qoidalarga amal qiling. Lekin koʻpchilik qonunda ruxsat etilganidan koʻproq ishlaydi. Biroq bu qonun buzilishi ekanligi, aniqlansa, oʻzingizga yomon boʻlishini esdan chiqarmang.

5. Vaqtingizni toʻgʻri taqsimlang. Ishlash oʻqishingizga xalal berib qolmasin. Haftasiga 20 soat ishlash oʻqishingizni qiyinlashtirayotgan boʻlsa, kamaytiring. Vaqtni ish va oʻqish uchun yetarli darajada taqsimlang.

6. Oʻqishingiz muhimroqmi va part-time ishingizdan topayotgan pulingizmi – shuni toʻliq aniqlashtirib oling.

Baʼzilar oʻqishga ketib, oʻqish davomida turli ishlarda zo'r berib ishlab (ofitsiant, kuryer, taksi haydovchisi va h.k.) ishlab oyiga 2-3 ming dollargacha topa boshlashi mumkin.

Va pul topishga qiziqib ketib, oʻqishini tashlab qoʻyishi, yaxshi oʻzlashtirmasligi mumkin.

Lekin oʻqishingizni bitirgach, sohangizni yaxshi oʻzlashtirgan boʻlsangiz, shu soha boʻyicha ishlay boshlaganingizdan bir oz vaqt oʻtib oyiga 4-8 ming dollar topa boshlashingiz mumkin.

Bu summa ofitsiant, taksi haydovchisi yoki boshqa boʻlib ishlash orqali topilgan 2-3 ming dollardan koʻp. Va ishingiz ham nisbatan yuqoriroq mavqega ega boʻladi.

Shu sababli oʻqishni bitirib yaxshiroq ishda ishlash va koʻproq pul topish muhimmi yoki aynan hozirning oʻzida nima ish qilib boʻlsa ham (oʻqishni 2-darajaga surib) imkon qadar koʻproq pul topish muhimmi, oʻzingiz uchun aniqlashtirib oling.

7. ENG MUHIMI: Shu postni 10 soat ichida 10 kishiga yuboring va smayliklardan birini bosing. Shunda o'qishda ham, ishda ham baxtingiz ochilib ketadi.

@grantlar_namuna