Get Mystery Box with random crypto!

NSP dasturiga transkript yoki diplom yuklash majburiymi? Hozi | Hujjat topshirish jarayonlari

NSP dasturiga transkript yoki diplom yuklash majburiymi?

Hozirda NSP dasturiga tariza topshirish davom etmoqda. Nomzodlar orasida ko'pchilikni qiziqtirgan savollardan biri transkript yuklash haqida bo'ldi.

Dasturga kerakli hujjjatlar ichida "Certificate of Highest Achieved degree" so'ralgan, ya'ni nomzod qaysi darajani oxirgi marta yakunlagan bo'lsa, o'shani yuklashi kerak.

Bunda kategoriya bo'yicha nomzodlar ushbu hujjatni quyidagicha yuklashlari mumkin:

Bakalavr talabalari: aynan shu joyga hech narsa yuklashi majburiy emas, chunki hali ular biror darajani yakunlashgani yo'q. Lekin transkript yuklashlari mumkin bo'lib, bu ixtiyoriy va dasturni yutish-yutmaslikda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Magistr talabalari: oxirgi tugallagan bakalavrlik diplomini yuklaydi. Bunda 2-kurs magistr talabalari ham bakalavr diplomi va ilovasini yuklashi kifoya, hozirgi olayatgan baholari transkripti shart emas.

PhD talabalari: eng so'nggi yakunlagan magistrlik diplomi hamda ilovasini yuklaydi.

Professorlar, tadqiqotchilar: eng yuqori erishgan darajasini tasdiqlovchi hujjatni yuklaydi.

Dasturga ariza topshirish so'nggi sanasi: 2024-yil 30-aprel

ESLATMA: NSP dasturi bo'yicha hujjat tekshirish xizmati tashkil qilingan bo'lib, hujjatlar ushbu dasturni 3 marta yutgan Ozodaxon O'ktamova tomonidan tekshirib beriladi.

Xizmatdan foydalanish uchun @GN_Work hisobiga murojaat qiling.

@grantlar_namuna