Get Mystery Box with random crypto!

? 1.Kimning ilk hikoyalar to'plami 'Tong shabadasi' de | ✨TIL BILIMDONLARI✨

?

1.Kimning ilk hikoyalar to'plami "Tong shabadasi" deb ataladi.
Hamid Olimjon

2.1970-yil kech kuzida bir musulmon bolasi dindan chiqdi. Ushbu jumla qaysi asardan olingan?
Qorakòz Majnun

3. "Tuyani shamol uchirsa,echkini osmonda kòr"maqoli qaysi asarga mos keladi?
Shum bola

4. Kim Vatanga ta'rif berish uchun so'z topolmayotgan holatini chamanda sevgilisi rasmini chizishga munosib rang topolmayotgan rassomga o'xshatadi?
Saida Zunnunova "Mening Vatanim"

5. "Kichkina ko'k qog'oz parchasini ko'rib,hammasiga tushundi.....U xatni o'qimadi,qo'l-oyog'i muz bo'lib turgan joyida qotib qoldi."Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
O'lmas Umarbekov"Qiyomat qarz"

6. Qaysi ijodkor bolaligini shunday eslaydi:"Buvim mening bolaligimni turli ertak,qo'shiq,dostonlar bilan bezagan,u tez-tez o'zining tushi haqida gapirib berardi"
Chingiz Aytmatov

7. "Bir qancha yo'l yurib edi oldidan chiqdi katta bir bog',bir yog'i chorbog' juda katta kalondimog'".Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?
"Ravshan"dostonidan

8. "Zamona kimniki","Bo'l","Muncha ko'p"asarlari muallifi?
Zavqiy

9. "Oq kema" asarida kim yuvosh,baquvvat bo'lmasin yalqov,uyquni yaxshi ko'radi,o'rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan deya ta'riflanadi?
Seydahmad

10. Qaysi shoir bolalaridan ayrilgandan keyin iztiroblarini bolasini o'g'irlatgan kaklikka o'xshatgan?
Maxtumquli

11. "Xamsa"asaridagi qaysi qahramoni o'z yorini tilidan ham rashk qiladi?
Farhod

12. "Kecha va Kunduz"asarida to'rt chaqaga arzimagan qurboni zamon deb kim aytilgan?
Akbarali mingboshi

13. O'zbek adabiyotida ilk roman-dilogiya muallifi kim?
Cho'lpon

14. "Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani o'ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o'xshaydi.Ha,u ijod maydoniga yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu,juda katta yuk ko'tardi."Ushbu ta'rif qaysi ijodkor haqida?
Usmon Nosir

15. O'zbek adabiyotidagi ilk badiiy doston qaysi?
Qutadg'u bilig(Yusuf Xos Hojib)

16. ".....yuzlari oyday,o'zlari toyday,yomon bilan yurmagan,yomon joyda turmagan..." Ushbu ta'rif qaysi qahramonlar haqida?
"Uch og'a-ini botirlar"-aka-ukalar

17. Nodiraning muashshar janriga oid asari?
Firoqnoma

18. Dilining o'rtanganini ho'l bolishdan so'rashni aytgan shoir kim.
Sergey Yesenin

19. Oybeking shoir sifatida shakllanishida kiming ta'siri kuchli bo'lgan.
Cho'lpon

20. Kichik-kichik detallardan katta umumlashma obraz yasay oladigan ijodkor kim?
G'afur G'ulom

21. Fursatni kapalak umriga qiyos etgan ijodkor kim?
G'afur G'ulom

22.Qaysi ijodkoring she'rlari shior va chaqiriq bo'lib yangradi?
Usmon Nosir

23. Ufqdan botar quyoshni shart kesilgan boshga o'xshatgan shoir kim?
Usmon Nosir

24. Quyoshni zambarakka o'xshatgan shoir kim?
Rauf Parfi

25. "Odamga quvvat beradigan umid,uning boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir."Ushbu ta'rif qaysi asar haqida?
"Ufq"(Said Ahmad)

26. "Qullar" roman-epopeyasi muallifi kim?
Sadriddin Ayniy

27. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki,shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.Ushbu jumla qaysi asar haqida?
Chinor(Asqad Muxtor)

28. Kitoblarini asrashni vasiyat qilib ketgan ijodjor kim?
Ozod Sharafiddinov

29. Qaysi ijodkoring asari 24 tilga tarjima qilingan?
Xudoyberdi Tòxtaboyev

30. Qaysi ijodkor tabiat manzaralarini,hayvonot va o'simlik dunyosini nihoyatda tiniq,ichdan etib tasvirlay olish qobiliyatiga ega?
Shukur Xolmirzayev

@grammatikam