Get Mystery Box with random crypto!

Bir do'stimiz aytishlariga qaraganda, g'arbga nisbatan intilis | baby

Bir do'stimiz aytishlariga qaraganda, g'arbga nisbatan intilish — dinimizni oyoq osti qilish kabi emish. Do'stlar, ishonib aytamanki O'zbekistondagi istalgan bloger Yevropani bir jinsli nikohini ruxsat berilish uslubiga yoki kiyinish madaniyatiga intilmaydi. Shunchaki Yevropadagi xizmat ko'rsatish sifati, davlat va xalq munosabatlari, so'z erkinligi, aholi yashash sharoitlari, mehnatga yarasha haq to'lashi, qonunlar sifati va ularni to'g'ri amalga oshirish kabi jihatlariga havas qilishadi va kezi kelganda solishtiradi.

Agarda blogerlar bu mavzularda post yozishsa, iltimos yuqoridagi do'stimiz singari maqola mohiyatiga yetib bormasdan, nojoiz xayolga bormay, munosabat bildirishmasin.

P.S.: Ko'pchilik futbolchilar Maradonadek futbol o'ynashga intilishadi, ha, faqat futbol o'ynashiga, xatolarini takrorlashga emas!

@go_SS 𝓢𝓪𝓻𝓭𝓸𝓻𝔁𝓸𝓷