Get Mystery Box with random crypto!

Sizlarga qoyil qolmadim. Pandemiya boshlanganiga 9 oydan oshd | baby

Sizlarga qoyil qolmadim.
Pandemiya boshlanganiga 9 oydan oshdi.
Shundan beri ijtimoiy tarmoqlar bir foydali proyekt ko‘rmadim.
Xar kuni deputatlarni adashgani videosi, 5600 so‘m, Asalxoney, Munisa Rizayeva bilan Xuzaypani diss lari, GM narxlari (GM xoxlagan narxida sotadi moshinani, men bundan 100% roziman) shunga o‘xshash mavzular va bularni jamiyatga 0 tiynlik foydasi yo‘q.
Faqat bachkanalik.
O‘zbekistonda millionlab yoshlar bor. Oddiy misol, bir oddiy meditsina yo‘nalishida o‘qiydigan talaba, qon bosimi birdan ko‘tarilgan odamga, uy sharoitida qanday qilib birinchi yordam ko‘rsatish xaqida video tayyorlasa juda ko‘pchilikka foyda. (xar xolda Asalxoneydan ko‘ra foydaliroq.)
E‘tibor berib ko‘ringlar, shunaqa ikkita artist urushganini videosidan, shu mavzuni debate sidan kimga nima foyda?!
Biz qachongacha birovlarni hayotini kovlab o‘tiramiz? Nimaga o‘zimizi hayotimizni bilib yashamasdan birovnikiga aralashamiz. Darrovda videoga olib tarqatamiz? Kimdir ahmoq bo‘lsa, uni o‘zi xoliga qo‘ying, mazza qilib ahmoq bo‘lsin, uni videoga olib tarqatishga xaqqingiz yo‘q.
Telegramda „tezkor“ deb tarqatish sizgamas :)
Baribir nima demoqchiligimni tushuntirib bera olmadim.
Mandan bloger chiqmas ekan. Tarqalamiz shekilli

@go_SS