Get Mystery Box with random crypto!

Narzullayev.Uz - IT sohasiga oid blog ️

Telegram kanalining logotibi gnarzullayev — Narzullayev.Uz - IT sohasiga oid blog ️ N
Telegram kanalining logotibi gnarzullayev — Narzullayev.Uz - IT sohasiga oid blog ️
Kanal manzili: @gnarzullayev
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.14K
Kanalning ta’rifi

Dasturlashni o'rganishda biz bilan birga bo'ling

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-06 18:05:42 Iphone 13 pro max mini plus s seria
1.0K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:02:16
Kamera nimani eslatyabdi. Tikka chopilgan
986 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:34:25
O'zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratish bo‘yicha startap loyihalar tanlovi e’lon qilindi

Ushbu tanlov uchun arizalar joriy yilning 1-oktyabriga qadar davom etadi.

@texna_uzb kanaliga obuna bo'ling!
832 views07:34
Ochish/sharhlash
2022-08-04 17:29:05 EPAM va ITransition

Ikki kompaniya haqida umumiy fikrlar, solishtirishlar va uyerda ishlash haqida maqola yoki video yozishni o'ylab oxiri ikkisini ham qilmaydigan bo'ldim.

Podcast qilamiz

EPAM'da salkam 1.5 yil ishlagan va hozirda ITransition'da ishlayotgan dasturchi sifatida ushbu kanalimda ikki kompaniya haqida shaxsan o'zim "Voice chat" qilib gapirib o'taman.
InshaaAlloh.

Qachon ?
8-avgust, 20:30

Oldindan savollaringiz bo'lsa kommentda qoldiring.

Postni "Share" qilamizmi ?

@JoshDeveloper
3.7K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-08-03 09:54:01
O’zbekiston24 kanali nigohida
3.8K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2022-08-01 17:07:37 ​​ Tasodifiy raqamlar tasodifiymi ? #random

Random modulini yoki metodini chaqirayotganda orqa fonda nima bo'layotganiga qiziqib ko'rganmisiz? Random(python) modulini titib ko'rsangiz, kod zanjirining oxirgi nuqtasida asosiy komponentlarni nomi bor, o'zi esa yo'q. "Dokumentatsiyasi"ni o'qisangiz asosiy komponentlari C dasturlash tili tomonidan amalga oshirilganligini guvohi bo'lasiz (tezlik uchun).

Eng qiziq tomoni, biz ishlatadigan dasturlash tillari ushbu sonlarni hosil qilishda maxsus algoritmlardan foydalaniladi. Qoidalar va ketma-ketliklar asosida hisoblangan son qay tarzda tasodifiy bo'la oladi ?! Xuddi "olmani yeyish uchun, uni yemaslik kerak" degandek ziddiyat bo'lishi mumkin, ammo algoritmlar sizga 100% tasodifiy son qaytarmasligini aytgan. Siz PRNG, ya'ni pseudorandom number generator orqali yaratilgan "soxta" tasodifiy sonlarni olasiz.

Python Mersenne Twister PRNG'sidan foydalanadi (PHP ham). Qiziqib ko'rganlar dasturlashning o'zi to'liq matematikaning ustiga qurilganligini anglashadi. Generator ishlashidan avval unga maxsus seed nomli qiymat kiritiladi. "Soxta" tasodifiy ketma-ketlikni hosil qilish uchun, seed kabi haqiqattan tasodifiy bo'lgan boshlang'ich qiymat kerak. Agar seed umuman kiritilmasa, generator ishlab turgan tizim vaqtidan foydalanadi. Tizim vaqti (system clock) ning qiymati 1970 yil 1 yanvardan hozirgacha o'tgan sekundlar orqali hisoblanadi (e.g.1659338238.1275926). Ko'rganingizdek soxta tasodifiy sonni hosil qilishda boshida baribir haqiqiy tasodifiy son kerak bo'lar ekan.

Mavzuning ahamiyati kattaroq masshtablarda ko'rinadi. Qo'llanmalarda "soxta"(pseudo) tasodifiy raqamlar xavfsizlik muammolarini keltirib chiqarishi haqida 800 marta aytishadi. Qanaqa xavfsizlik muammosi deysizmi? Sizda veb ilova yoki kattaroq platforma bo'lsa uning kriptografiya ya'ni parollar, tokenlar yaratish ... bilan bog'liq joylarida albatta maxsus sirli kalit (secret key)dan foydalanasiz. Ko'p holatlarda ushbu kalitlarni yaratish paytida yuqoridagi PRNG'dan ham foydalanishganiga guvoh bo'lamiz, kimdur boshida kiritilgan seed'ning qiymatini aniqlay olsa, sizning secret key'ingizni topish muammo emas. O'yin industriyasida buning ahamiyatini gapirmasak ham bo'ladi...

Qolaversa seed'ning qiymatiga qarab tasodifiy sonlarning qaytarilishi ham o'zgarib boradi. Misol uchun seed sifatida 800'ni kiritsangiz - 1000ta, 8000ni kiritsangiz 10000ta ketma-ketlikdan so'ng, sonlar o'z-o'zini takrorlay boshlaydi (kattaroq seed ~ ishonchli).

Hozirgi juda katta tajribalarda haqiqiy(true) tasodifiy sonlar dolzarb sanaladi. Ularni hisoblashda bizga mutlaqo tasodifiy, O'zbekistondagi piyoz va benzin narxining o'zgarishi kabi umuman tahmin qilib bo'lmaydigan hodisalarning qiymati kerak bo'ladi. Odatda haqiqiy tasodifiy sonlarni hisoblaydigan generatorlar ma'lum bir fizik hodisani (fotoelektrik hodisalar, termik shovqinlar ...) raqamli ko'rinishga o'tkazadi holos ("Misha baqirdi" "Misha 70dB shovqin chiqardi"). Ko'pab kriptografik kalitlar shu jumladan HTTPS'da ishlatiladigan TLS ham ushbu turdagi shu generatorlardan foydalanadi. Intel tomonidan yozilgan qo'llanmada true random number generator (TRNG) yaratish haqida ko'p ma'lumotlarni oldim (C/C++ recommended).

random.org saytini eng birinchi (1998) va juda ishonchli TRNG'lardan biri deb hisoblayman. Chunki u tasodifiy sonlarni hosil qilishda "osmon"da paydo bo'ladigan shovqinlardan foydalanadi Bir daho "popolneniya schyota" bo'lishida havo zarralarini o'rnini gapirgani rostmikan deb o'ylab qoladi odam. Izlanish davomida shunga guvoh bo'ldimki, ko'p holatlarda TRNG'lar uchun quantum computing'dan foydalanishar ekan (endi esa QRNG). Hammasi to'liq laboratoriyada o'tkaziladigan tajribalar maxsuli. Ulardan bahramand bo'lishingiz uchun Avstraliya Milliy Universitetidagi labaratoriya xodimlari maxsus veb sahifa ishlab chiqgan ekan (API va kutubxona ham )

Tasodifiy sonlar siz o'ylagandan ham ahamiyatliroq, postni foydali deb bilsangiz ko'pchilikka ulashing.

@AbduazizPy
3.8K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-08-01 14:58:42 TikTok ishlab ketdi. Manimcha TikTok blokdan olindi.
3.7K views11:58
Ochish/sharhlash
2022-08-01 14:57:00 TikTok ishlab ketdi. Manimcha TikTok blokdan olindi.
3.7K views11:57
Ochish/sharhlash
2022-08-01 14:55:18
TikTok ishlab ketdi. Manimcha TikTok blokdan olindi.
3.6K views11:55
Ochish/sharhlash
2022-08-01 14:54:22 Tiktok blokdan olinishi yoki yo'q hozirda muzokaralar jarayonida
3.6K views11:54
Ochish/sharhlash