Get Mystery Box with random crypto!

SMM — bu 12 ta post qoʻyish emas... Ushbu maqola oxirgi paytd | GLHF PORTFOLIO⚡️

SMM — bu 12 ta post qoʻyish emas...

Ushbu maqola oxirgi paytda "koʻpayib" ketayotgan "SMM menejer"lar bilan birga mijozlarga ham foydali.
*SMM menejerdan nima talab qilishni bilib olasiz)

Mutaxassislar bergan maʼlumotlarga koʻra, mijozlar tovarni sotib olish yoki biron bir xizmatni tanlashdan avval oʻrtacha 10,4 ta maqolani oʻrganib chiqishar ekan. Bu esa, "SMM" (Social media marketing) mutaxassislariga oʻz sohasini chuqurroq oʻrganishni talab etadi.

Post qoʻyishdan avval, siz oʻrganishingiz muhim boʻlgan bilimlar bor.

Bular:
– bozor, mahsulot yoki xizmat tahlili
– mijozlar oqimini yaratish
– mijoz portretini yaratish
– maqsadli auditoriyani segmentlash
– kontent reja tuzish;
– kontent yaratish jarayonlari matn, dizayn, video roliklarni yaratishda ishtirok etish, topshiriq berish
– PR (Public Relations)
– brending, brendni tanitish
– reklama qamrovini oshirish
– KPI (Key Performance Indicator)
– natijani kuzatish va baholash kabilardir.

Albatta, yuqoridagilarni mukammal bilish majburiy emas. Lekin dizaynni kamida dizaynerga toʻgʻri TZ berish va uni qabul qilishda baholay olish darajasida bilish kerak, qolganlarini ham

*marrada koʻrishguncha

Manba: @copirayt