Get Mystery Box with random crypto!

BACHADON ICHI SPIRALINING AFZALLIKLARI BIS bir qator afzalli | _GINEKOLOGIYA_

BACHADON ICHI SPIRALINING AFZALLIKLARI

BIS bir qator afzalliklarga ega, aynan shular uni ommalashib ketishiga sabab bo’lgan:

Ishonchli kontratseptsiya ta’siri (98%);
Uzoq muddatli ta’sir qilishi (3 yildan 10 yilgacha);
Iqtisodiy foyda;
Kontratseptiv tabletkalarni qabul qilish kerak emas, bu esdan chiqaruvchilar uchun ayniqsa qo’l keladi;
Mirena gormonal spirali davolash maqsadlarida kichik o’lchamdagi bachadon miomalari va 1 — 2 darajali genital endometriozda qo’llaniladi;
Kundalik nazorat talab qilmaydi;
Jinsiy aloqaga ta’sir qilmaydi;
BIS olib tashlangandan so’ng reproduktiv funktsiya (homilador bo’la olish) darhol tiklanadi;
Yosh onalar uchun ideal kontratseptiv vosita.

BACHADON ICHI SPIRALINING KAMCHILIKLARI

Barcha afzalliklarga qaramay, bachadon ichi kontratseptsiya usuli ham salbiy jihatlarga ega. Quyidagi nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi mumkin:

Hayz ko’rishni kuchaytirish va / yoki uzaytirish;
Hayz paytida og’riq;
Menstruatsiyalar orasida qon ajralishlari;
BISning o’z-o’zidan tushib ketishi (ekspulsiya);
BISni kiritish paytida yoki taqish jarayonida bachadon perforatsiyasi;
Bitta doimiy jinsiy sherikni talab qiladi;
Tug’magan ayollarga spiral kiritish tavsiya etilmaydi;
Bachadondan tashqari homiladorlik xavfini oshiradi;
Kichik tos a’zolarining yallig’lanish kasalliklari xavfini oshiradi;
Har oy mustaqil nazorat qilishni talab qiladi;
Endometriyning to’laqonligini pasaytiradi, bu esa homiladorlik ehtimolini kamaytiradi.

Kanalga ulanish

https://t.me/ginekologiya_ginekolog