Get Mystery Box with random crypto!

Shuning uchun bu muammoni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi, uni b | GINEKOLOGIK MADAD

Shuning uchun bu muammoni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi, uni baribir hal qilish kerak va imkon qadar tezroq boshlash yaxshiroqdir.

Vulvaning qichishi va achishi — bu kasallik emas, bu faqat ma’lum buzilishlarning namoyon bo’lishi, patologik o’zgarishlar sodir bo’lgani va unga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi ayol organizmining signalidir. Ko’pgina kasalliklar bunday alomatlarga olib kelishi mumkin.

Ayollarning jinsiy a’zosi qichishi

Achish va qichishish buzilishlarning yagona alomati bo’lishi, shuningdek boshqa alomatlar bilan birgalikda kuzatilishi mumkin:

Jinsiy yo’llardan turli xil tabiatli ajralmalar;
Katta jinsiy lablar terisida va / yoki shilliq qavatida toshma toshishi;
Yoqimsiz, tabiiy bo’lmagan hid;
Qinning quruqligi;
Yopishqoq, qon aralash ajralmalar;
Oraliqda yoki qorin pastidagi og’riqlar;
Qin ichida yot jism mavjudligi hissi.

Achish va qichishishning intensivligi yengil shakldan tortib chidab bo’lmas o’ta yomon diskomfortgacha bo’lishi mumkin. Alomatlar doimiy bo’lishi ham mumkin, davriy ravishda kuzatilishi va hayz yoki ovulyatsiya davri bilan bog’liq bo’lishi ham. Har qanday holda, shifokorning maslahati talab qilinadi.

Ayolning jinsiy a’zolarida qichishish va achish chaqiradigan eng ko’p uchraydigan sabablar

Qin disbakteriozi — qinda achish va qichishga olib keladigan eng keng tarqalgan sabablardan biri. Mahalliy immunitetning pasayishi, turtki bo’ladigan omillar ta’siri ostida qinda disbalans paydo bo’ladi va kandida zamburug’lari, ichak tayoqchasi va gardnerella kabi mikroorganizmlar faol ravishda ko’payishni boshlaydi. Disbakteriozda nafaqat qichish va achish bezovta qiladi, balki qindan ko’p miqdorda ajralmalar ajralishi, yoqimsiz hid ham qayd qilinadi.

Alomatlarni bartaraf etish uchun mikroorganizmlarning disbalansiga nima sabab bo’lganini aniqlash, ushbu omilni bartaraf etish va bu vaziyat kelajakda o’zini qayta namoyon qilmasligi uchun ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatda shifokor davolash uchun mikroblarga va zamburug’larga qarshi preparatlar bilan bir qatorda, qin normroflorasini qayta tiklaydigan vositalarni ham tayinlaydi.

Ayollar osti qichishi va achishi sabablari orasida ikkinchi o’rinda JYYI — jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalar turadi. Ularga xlamidioz, gonoreya, trixomoniaz, gerpes, papillomavirus infektsiyasi kiradi. Bu infektsiyalar vulvaning qichishi, achishi, yallig’lanishini keltirib chiqarishi mumkin. Samarali davolash kasallikning sababchisi va shaxsiy ko’rsatmalar hisobga olingan holda belgilanishi kerak. Bunday hollarda ko’pincha antibiotiklar bilan davolash talab etiladi.

Allergik reaktsiyalar ham jinsiy lablar sohasida qichish va achishishning sababchisi bo’lishi mumkin. Reaktsiyani turli allergenler bilan aloqa qilish keltirib chiqarishi mumkin.

Ko’pinсha, jinsiy a’zo allergiyasi sababi gigiena vositalari, intim gellar va yog’lar, sintetik ich kiyim, ich kiyimda qolgan kir yuvish kukunining qoldiqlari va hatto jinsiy sherikning spermasi bo’ladi. Agar shifokor alomatlarning allergik tabiatini tasdiqlagan bo’lsa, antigistaminlar va sedativ preparatlar buyuriladi.

Jinsiy lablar qichishi va achishi tor, qisadigan ichki kiyim, stringlar kiyish, doimiy ravishda kundalik prokladkalar ishlatish tufayli chaqirilgan bo’lishi mumkin, chunki buning naijasida patogen organizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratiladi.

Shu sabablar qichish va diskomfortning kuchayishiga olib kelishi ham mumkin, garchi bu alomatlar boshida boshqa omillar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa ham.

Ginekologiyaga aloqador bo’lmagan bir qator kasalliklar ham ayol jinsiy a’zosi salomatligi va komfortiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, vulva sohasida qichish va achish qandli diabet, qon kasalliklari, teri sarqiligi bilan kechadigan gepatit, buyrak faoliyatining buzilishi va boshqa patologiyalardan aziyat chekayotgan ayollarda kuzatilishi mumkin.

Bunday holda, vulva qichishi, achishi va boshqa alomatlarni davolash ularga sabab bo’lgan asosiy patologiyani bartaraf etishga, shuningdek normal vaginal ekosistemani saqlab qolishga qaratiladi.