Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyaga | Rasmiy🇩🇪🛫

Telegram kanalining logotibi germaniyadagi_uzbeklar — Germaniyaga | Rasmiy🇩🇪🛫 G
Kanaldagi mavzular:
Taʼlimdagi
Янгилик
Chancenkarte
Germany
Ислам
Футбол
Bayram
Live
All tags
Telegram kanalining logotibi germaniyadagi_uzbeklar — Germaniyaga | Rasmiy🇩🇪🛫
Kanaldagi mavzular:
Taʼlimdagi
Янгилик
Chancenkarte
Germany
Ислам
Футбол
Bayram
Live
All tags
Kanal manzili: @germaniyadagi_uzbeklar
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.57K
Kanalning ta’rifi

♡ Germaniya haqida barcha ma'lumotlar♡
◇Germaniyada grantlar haqida ma'lumotlar◇
♡Nemistili darslari va Germaniyaga ketish♡

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-04 11:45:53
Germaniyada joylashgan Königssee

Yozda Yevropada dam olish juda yoqimli!

Yaqinda kelishni rejalashtirayotganlar bormi?

@Germaniyadagi_Uzbeklar
13.5K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 08:45
Ochish/sharhlash
2024-05-02 19:57:56 #futbol #bayram

​​«Davra» olmon-o‘zbek jamiyati tarafidan tashkil qilinayotgan «Yevropadagi O‘zbeklarning Sport va Futbol bayrami» O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elcixonasi hamkorligida 19.05.2024, Yakshanba kuni soat 09:00 dan boshlab Berlin shahrida bo‘lib o‘tadi. Barcha sport do‘stlarini ushbu bayramga taklif qilamiz! Bayram dasturxoni o‘zimizning milliy taomlar bilan bezatiladi va albatta an'anaviy qozon oshi tayyorlanadi! 

Bosh homiymiz: IWES (Innovative Water and Environmental Solutions)

Turnirda qatnashish istagidagi jamoani o'sha jamoa sardori
info@davra-ev.de ga elektron xat bilan ro'yhatdan o'tkazishi so’raladi.

Qatnashish shartlari:
1. Barcha futbolchilar O’zbekiston fuqorosi yoki o’zbek millatiga mansub bo’lishi shart.
2. Jamoa tarkibi eng oz 12 kishi va eng ko’p 15 kishidan iborat bo’lishi shart.
3. Jamoalar har bir o’yinchi uchun 20 EURdan quyidagi hisob raqamga o’tkazishi shart.

Konto/Account: Davra e.V.
IBAN: DE65 8306 5408 0004 9200 74
BIC (SWIFT-Code): GENO DEF1 SLR

Adres: Sportplatz Vorarlberger Damm
Vorarlberger Damm 33, 12157 Berlin

Sport va Futbol bayrami dasturi:
1. Bir vaqtning o’zida to’rtta (4) kichik maydonda futbol o’yinlari o’tkaziladi
2. Bolalar uchun 1x kichik va 1x katta havo bilan shishirilgan sakrash maydonlari
3. Soat 10:00 dan boshlab kartoshkali bo’g’irsoq (Perashka) taklif qilinadi
4. Soat 10:00 dan boshlab salqin ichimliklar taklif qilinadi
5. Soat 11:00 dan boshlab Qozon Palov taklif qilinadi
6. Soat 11:00 dan boshlab Kabob-Sosis (Grillwürstchen) taklif qilinadi
7. Soat 11:00 dan boshlab Qovurilgan-Kartoshka (Pommes) taklif qilinadi

Futbol o’yini o’tkazilish tartibi:
1. Jamoalar soni eng oz 20 va eng ko’pi bilan 24 ta.
2. Bir vaqtning o’zida to’rtta (4) kichik maydonda o’yinlar o’tkaziladi.
3. Maydonda har bir jamoada sakkiztadan (7+1) o’yinchi o’ynaydi (Jamoa o’yinchilarining umumiy soni 15 kishidan oshmasligi kerak)
4. Jamoalarga o’yinchilar soniga qarab soat 10:00 dan boshlab ichiga salami va pishloq solingan non (belegte Brötchen), meva va 1,5 L gazsiz suv tarqatiladi (20 EUR hisobidan)
5. Biror o’yinchiga og’ir jarohat yetkazgan o’yinchi keying yil turnirda o’ynash huquqidan mahrum etiladi
6. Turnir havaskor futbolchilar turniri bo’lganligi tufayli professional futbolchilar ushbu turnirda maydonga tusha olmaydi

→ Tadbir tashkilotchisi sifatida Davra e.V. istalgan o’yinchidan Pasport kopiyasini talab qilish huquqiga ega.

@Germaniyadagi_Uzbeklar
15.3K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 16:57
Ochish/sharhlash
2024-05-01 10:04:02
Germaniya elchixonasi va Germaniyaga tan olinadigan xalqaro sertifikatlar: Bu sertikatlar ALTE tashkilotida tasdiqlangan.

.Goethe Zertifikat "Start Deutsch 1"
.Telc Zertifikat "Start Deutsch 1"
.ÖSD Zertifikat "Grudstufe Deutsch 1"
.TestDaF Zertifikat B2 darajadan boshlab
.ECL Zertifikat AFU Privates Bildungsinstitut GmbH. A2 darajadan boshlab.

Ma'lumot: Onset sertifikati faqat DAAD Hochschulsommerkurs ga qabul qilinadi!

@Germaniyadagi_Uzbeklar
13.4K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 07:04
Ochish/sharhlash
2024-04-24 18:17:03 #islam #germany

Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda qo'rqqanidan islom dinini qabul qila boshladi. Bu haqda
Bild xabar berdi.

Quyi Saksoniya kriminologiya tadqiqot instituti (KFN) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, musulmon talabalarning aksariyati (67,8 foiz) Qur’on qoidalari Germaniya qonunlaridan muhimroq, deb hisoblaydi. Respondentlarning deyarli yarmi (45,8 foiz) islom teokratiyasi boshqaruvning eng yaxshi shakli degan qarorga kelgan. Nemis maktablaridagi vaziyat ham boshqacha, deb yozmoqda Bild.

Germaniyada o‘quvchilarning ota-onalari ko‘proq maslahat markazlariga murojaat qilmoqda, chunki ularning nasroniy farzandlari maktabda ajralib qolmaslik uchun islom dinini qabul qilishni xohlaydi, — deydi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Germaniya davlat xavfsizlik xizmati xodimi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda Germaniyada musulmon bolalar soni keskin oshgan. Yirik shaharlardagi maktablarda nasroniy o‘quvchilar soni kamaygan.

Oxirgi sakkiz yil ichida immigratsiyaning yuqori darajasi tufayli maktablarda musulmon o‘smirlar va bolalar ulushi sezilarli darajada oshdi. Bundan tashqari, ko‘plab bolalar qat’iy dindor oilalardan keladi: xususan, bular ko‘pincha Suriya, Afg‘oniston va Iroqdan kelgan muhojirlardir, — deydi Bild manbasi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimi ba’zi maktablardagi musulmon o‘g‘il bolalar o‘zini “g‘arbcha” tutadigan qizlarga “bosim o‘tkazishini” da’vo qilmoqda. 
Shu bilan birga, o‘qituvchilarning ishlari ko‘pligi sababli bunday vaziyatlarga munosabat bildirishga vaqtlari yo‘q, — deyiladi xabarda.

Germaniyaning Berlin, Frankfurt yoki Essen kabi yirik shaharlarida musulmon o‘quvchilar ulushi 80 foizdan oshgan maktablar mavjud.

@Germaniyadagi_Uzbeklar
17.3K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, edited  15:17
Ochish/sharhlash
2024-04-16 17:04:12 ​​#chancenkarte #yangilik

Germaniyada 2024-yil 1-iyunidan kuchga kiradigan yangi o'zgarishlardan biri bu - Chancenkarte (imkoniyat kartasi)

Bu karta o'zi nima?

Germaniya viza turlarining yangicha va qulay turidir!

Imkoniyat kartasi bilan siz Germaniyada doimiy mehnat shartnomasisiz ish qidirishingiz mumkin bo'lgan qonuniy yashash ruxsatini olasiz.

-Chancenkartesining siz uchun afzalliklari bir qarashda:

1.Germaniyaga kirishni soddalashtirish, ish izlash va diplomingizni Anerkennung qildirish.

2.Federal Bandlik Agentligidan ruxsat olish jarayoni talab qilinmaydi.Ishni tez boshlash uchun soddalashtirilgan tasdiqlash tartiblari

3.Haftasiga 20 soatgacha va 2 hafta to'liq stavkada Probebeschäftigung.

4.Bu viza sizga 1 yilga beriladi. Yana holatga qarab 2 yilga cho'zdirish mumkun.

Chancenkarte olish uchun qanday majburiy talablarni bajarish kerak?

1.Nemistilini kamida A1 yoki ingliztilini B2 darajada bilish.

2.O'zbekistonda tan olingan kamida 2 yillik kollej diplomi yoki bakalavr darajasi.

3.Moliyaviy jihatdan o'zini taminlay olishini isbotlash kerak.
Bloklangan hisob raqam (13308€) yoki Verpflichtungserklärung. Agarda ikkalasi ham bo'lmasa Germaniyadan haftasiga 20 soatli ishga shartnoma olishingiz kerak. Bu ham moliyaviy dalil sifatida tan olinadi.

4.Chancenkarte talablariga ko'ra kamida 6 ball to'plash kerak. Bu talablarning hammasi majburiydir.

Ball to'plash qanday tartibda bo'ladi?

-Til darajangiz, yoshingiz, ish, tajriba va boshqalarga qarab ball to'plashingiz kerak.

Quyidagi hollarda sizga ballar beriladi:

1.UZB da olgan diplomingizni Anerkennungsstelle qisman tan olish yoki ruxsat berishga qaror qilgan bo'lsa - 4 ball.

2.O'qitilgan kasbingiz bo'yicha (Kollej, OTM) so'ngi 7 yil ichida 5 yil staj bo'lsa - 3 ball.

3.Oxirgi 5 yil davomida 2 yil diplomga oid staj bo'lsa - 2 ball.

4.Nemistilini B2 darajada bilsangiz - 3 ball.

5.Nemistilini B1 darajada bilsangiz - 2 ball. A2 bilsangiz - 1 ball. (B2 dagi 3 balingiz B1, A2 ga qo'shilmaydi)

6.Ingliztilini C1 darajada bilsangiz - 1 ball.

7.Diplomingizni Germaniyada malakali mutaxasislar yetishmayotgan sohada olgan bo'lsangiz (Hamshiralik, Vrach, O'qituvchi, Injener va hkz) - 1 ball.

8. Yoshingiz 35 ga to'lmagan bo'lsa - 2 ball.

9.Yoshingiz 35 dan oshsa lekin 40 ga to'lmagan bo'lsa - 1 ball.

10.Oxirgi 5 yilda Germaniyada kamida 6 oy yashagan bo'lsangiz (turist hisobga olinmaydi) - 1 ball.

11.Turmush o'rtog'ingiz siz bilan kelayotgan va karta olayotgan bo'lsa - 1 ball.

Chancenkarta uchun Germaniyadan mehnat shartnomasi majburiy emas.

Kamida 6 ball to'plashingiz viza olish uchun yetarlidir.

Germaniyada
2024-yil 1-martdan nimalar o'zgargani haqida to'liq.

Savollarni izohlarda yozib qoldiring!

Ba'tafsil ma'lumot:

@Germaniyadagi_Uzbeklar
30.3K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 14:04
Ochish/sharhlash
2024-04-11 17:30:44 #Talimdagi_maqtanchoqlik

Angliyada o‘qiyotgan O‘zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari:

Maqtanchoqlikni to‘xtataylik.

London xaqida qisqacha:

Bu yerda tili burro tadbir uyishtirib "Faol" bo‘lganlar bir tiyin ekan.

Men hindlar va xitoy, koreys va yapon talabalarini ko‘rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.

Xullas, men shunchaki bo‘m-bo‘sh miya bilan magistraturaga kelib qolibman. Masalan, guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o‘ylagan darajada emas, yaxshi biladi degani ham emas. Bular "chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o‘rganib kelishganki, men ularga haliyam yeta olmayapman.

Kompyuterni, ofis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o‘zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning har biri mendan yaxshi biladi.

Dunyoqarash jihatidan ham biz Markaziy Osiyo talabalari oqsoq ekanmiz. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib, ular nima ishlab chiqaradiyu, qaysi mahsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo‘lsa xaliyam kofe turlarini farqiga bormayman.

Siz o‘zingizni O‘zbekistonda turib "Kelajak bizniki, shu turishimda O‘zbekistonni dunyoga tanitaman" demang. Men shunaqa deb xato qilganimni bildim. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo‘lsak, rostdan o‘qishimiz kerak.

Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz, ko‘p sohada. Davlat siyosati yoki Iqtisodiy nuqtayi nazardan emas, oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko‘nikmalaridan ularni amaliyotga tatbiqigacha.

Bizni yana eng katta aybimiz bu nomzodlarga katta rag‘batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib Nyu York, London, Tokio yoki shunga o‘xshagan shaxarlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonaga ham ishga kira olmaydi. Nega?

Chunki u yerda bizdagi "faol talaba"dan oldin hind yoki xitoylik ishga topshirib bo‘lgan. Undan ustun bo‘lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o‘tmaydi.

Bu yerda, ya’ni Londonda. Yaxshi ofis ishiga kirishingiz osmono‘par binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz intervyu bo‘ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so‘ramaydi. Ular sizdan "Ilm" so‘raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqali har kimga beriladigan Qozog‘istonning xususiy ko‘krak nishonlari bir tiyin. Ular ilm so‘raydi.

Xulosa: Bu fikrlar hech kimga qaratilmagan lekin, ko‘zimizni ochishimiz kerak. Dunyo miqyosida bizning talabalar ancha ortda. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo‘r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo‘limizdan olib bo‘lishmoqda.

Tafakkur qiling!

@Germaniyadagi_Uzbeklar
34.7K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 14:30
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:55:33 #Men o'zim tug'ulub o'sgan qishlog'im masjidi.

Qo'ldan kelgancha masjid uchun yordam qilinglar birodarlar! Olloh rozi bo'lsin!
1.4K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 04:55
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:53:56
Assalomu alaykum Masjidimiz uchun barcha ehson qilganlardan Olloh rozi bo'lsin!! Ehsoningizni Olloh mukofotlasin . Masjid qilgan ehson doimo savob yog'ilib turadi deyishadi. Hozircha 2 mln so'm pul yig'ildi. Jami 10 mln atrofida pul kerak. Barchadan Olloh rozi bo'lsin!

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!! (Rohman - 60)

Musofirdagi yurtdoshlar qo'lingizdan kelganicha Olloh yo'lida Masjid uchun ehson qiling!! Doimo duodamiz In shaa Allah! Bitgandan so'ng barcha rasmlarini yuboramiz Xudo Hohlasa.

Karta raqami:
9860600401226169
(Suyunov Sanjar Nomida)

Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin
1.6K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 04:53
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:09:19
Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo, xalqimiz dasturxoni toʻkin-sochin boʻlsin!

Tinchligimizga koʻz tegmasin Ilohim!

@Germaniyadagi_Uzbeklar
2.4K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:58:53
DAAD byudjetining qisqarishi munosabati bilan “Yozgi universitet nemis kurslari” (HSK) dasturiga arizalar
Germaniyada” 2023 yil yozi uchun dunyoning barcha mamlakatlaridan qabul qilinmaydi.

Batafsil ma'lumot:
https://www.auswaertiges-amt.de/de/newsroom/regierungspressekonferenz/2542286

https://t.me/Germaniyadagi_Uzbeklar
2.3K viewssᴀɴᴊᴀʀ sᴜʏᴜɴᴏᴠ, 05:58
Ochish/sharhlash