Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum yurtdoshlar! Shu kunlarda Vatanimiz va xalqi | 🇺🇿 Geografiya Testlar

Assalomu alaykum yurtdoshlar!

Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 31 yillik ayyomi nishonlanmoqda!

31 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!


Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!