Get Mystery Box with random crypto!

30-avgust kuni geografiyaga oid tarixiy voqealar: Xalqaro * B | География методика

30-avgust kuni geografiyaga oid tarixiy voqealar:

Xalqaro
* Birlashgan Millatlar Tashkiloti - Majburiy yo'qolib ketish qurbonlari xalqaro kuni
Xalqaro kit akulalari kuni
Milliy
* Qozog'iston - Konstitutsiya kuni.
* Turkiya - G'alaba kuni.
* Tatariston - Respublika kuni.
Professional
* Qirg'iziston - Arxivchilar kuni.
* Janubiy Osetiya - sud ijrochilari kuni.

1721 yil Shvetsiya va Rossiya o'rtasidagi 21-yil davom etgan Buyuk Shimoliy urush Nishtad shartnomasi bilan tugaydi.

1835-yil Avstraliyaning Melburn shahriga asos solingan.

1836-yil Xyuston shahriga Avgust Chapman Allen va Jon Kirbi Allen asos solgan.

1873-yil Avstriyalik tadqiqotchilar Yuliy fon Payer va Karl Veyprext Arktika dengizida Frans Iosif Yeri arxipelagini kashf qilishdi. Unga Avstriya-Vengriya imperatori Frans Iosif nomini berishdi.

1901-yil Ingliz ixtirochisi Hubert Sesil But elektr changyutgichni patentladi.

1906-yil Norvegiyalik tadqiqotchi Rual Amundsen Shimoliy Amerikaning shimoliy qirg'oqlari bo'ylab sayohatini yakunladi.

1954-yil Aleksandr Lukashenko tavallud topgan (Belarus prezidenti, 1994-yildan).

1963-yil AQSh va Sovet Ittifoqi rahbarlari o'rtasida Moskva-Vashington ishonch telefoni ishga tushadi.

1973-yil Keniyada fil ovlash taqiqlandi.

1991-yil Ozarbayjon o'z mustaqilligini e'lon qildi.

1993-yil 150 millioninchi tashrif buyuruvchi Eyfel minorasiga chiqdi.

1995-yil Jon Stivenson fon Techner va Geir Ivarsoy brauzerni ishlab chiqaruvchi Opera Software kompaniyasiga asos solishdi.

1999-yil Referendum paytida Sharqiy Timor aholisining katta qismi Indoneziyadan mustaqillik uchun ovoz berdi.
www.wikipedia.org
Telegram manzil:

@geography_method