Get Mystery Box with random crypto!

#Mamlakatlar | #9_sinf | #Singapur SINGAPUR HAQIDA 10 TA FAKT | GEOGRAFIYA | TEST

#Mamlakatlar | #9_sinf | #Singapur

SINGAPUR HAQIDA 10 TA FAKT


Singapur Janubi-sharqiy Osiyoda, Malakka yarimorolining janubiy chekkasidan tor bo'g'iz bilan ajralib turgan kichik orollarda joylashgan.

Singapur serqatnov dengiz yo'llari bo'yida joylashganligi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega.

Boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublika.

Singapur hechqanday foydali qazilmariga ega emas.

Singapur ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta'minlanmaganligi bois, uni, asosan, Malayziyadan import qiladi.

Singapur butunligicha bitta shahardan iborat bo'lganligi uchun urbanizatsiya darajasi 100 % ga teng.

Singapur aholisining 75 % dan ortig‘ini xitoyliklar tashkil qiladi.

Rasmiy tillari - ingliz, xitoy, malay, tamil.

Singapur aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YIM miqdori bo'yicha jahonda eng yuqori ko'rsatkichlardan biriga ega.

Singapur shahri dunyodagi eng yirik port shaharlardan biri hisoblanadi.

Manba: 9-sinf darsligi, 138-139-betlar.

@GeografiyaDTM_TEST