Get Mystery Box with random crypto!

2024-yilda O'zbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy suv havz | GENERALISSIMUS

2024-yilda O'zbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy suv havzalarida sanoat maqsadida quyidagi muddatlarga baliq ovlash taqiqlangan:

Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 11-martdan 31-mayga qadar;

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 26-apreldan 10-iyunga qadar;

boshga barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to"g'risida" gi 80-son qarori kuchga kirgan sanadan boshlab, baliqlarning urchish davrida tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash qarorning 17-bandiga muvofiq taqiqlansin.

Davlat ekologiya qo'mitasi raisining 2019-yil 1-iyundagi "Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida baliq resurslaridan oqilona foydalanish choralari to'g'risida"gi 246-son buyrug'iga binoan Aydar-Arnasoy ko'llar tizimidagi Aydarko'l suv havzasining chap girg'og'ida 50-64 konturlarida 15-apreldan 15-avgustga qadar ta'qiqlanganligiga e' tibor qaratilsin.

@generalissimus_uzb