Get Mystery Box with random crypto!

'Ayolingizga gul bering.' Ayol ham bir gul aslida. Ba'zan e' | SubhanAlloh. 🕋🕋🕋

"Ayolingizga gul bering."

Ayol ham bir gul aslida. Ba'zan e'tibor berilmasa, so‘lib qoladi. E'tiborsiz qolgan gul suvga muhtoj bo‘ladi.

Ahli ayolingizga bor yo‘g‘i bir gul berib "Yaxshiyam borsiz" degan so‘zni aytib ko‘ringchi... Yuzidagi tabassumni ko‘rib, hamd aytib yuborasiz. Mana shu baxt emasmi? Tug‘ilganingizda sizni oq yuvib, oq taragan Ona, hayotingizni qiyin va yaxshi kunlarida doim birga bo‘luvchi sodiq rafiqa, ishga ketayotganingizda poyabzalingizni artib qo‘yadigan jajji qizalog‘ingiz, sizni erkaliklaringizni ko‘taruvchi opangiz, qaysarliklarini faqat sizga qiluvchi, sizni qizg‘onuvchi mehribon singlingiz... Bularni bari - ayol... Allohning sizga berilgan omonati.
Qarang hatto fillar ham ayoliga gul bermoqda, siz berolmaysizmi?

#SubhanAllah