Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli tong afsungarlar Qachonki inson muhabbat to'siq emasl | ➒¾ Harry Potter Uz 🏰

Xayrli tong afsungarlar

Qachonki inson muhabbat to'siq emasligini, yo'ldagi yo'ldosh, ko'makchi ekanligini anglab yetgan chog' uni to'rtinchi g'ov qarshi oladi: omadsizlik va mag'lubiyat qo'rquvi! O'z orzusi uchun kurashayotgan inson boshqalarga nisbatan ko'proq azob chekadi, qaysidir amali aytganiday chiqmay qolsa: "Sadqai sar, o'zim ham o'lib turganim yo'q edi"- qabilida qo'l siltashga ham haqqi yo'q. Chunki bu faqat o'zining xohishi ekanligini va bu yo'lda borini tikkanligini ham yaxshi biladi. U yana o'z Taqdiri belgilagan yo' boshqa yo'llar singari mashaqqatli ekanligini, bu yo'lda "Qalbi o'zi bilan birga" ekanligini ham yaxshi anglaydi. Shuning uchun ham Olam Jangchisi hayotning eng mushkul damlarida asqatadigan sabr - bardoshga ega bo'lmog'i va uning orzusi aql bovar qilmas tarzda bo'lsa ham ushalmog'iga butun Olam yordam berishiga ishonishi lozim...

Kuningiz ajoyib o'tsin

➒¾
@HarryPotter_uz