Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentnoma II. She'rimni o'qib demang: - O'qimay o'la! Tosh | Gʻarib shoir

Toshkentnoma II.

She'rimni o'qib demang: - O'qimay o'la!
Toshkentning havosi gazlarga to'la.
Toshkentga keladiganlardan bir yo'la,
Qishlog'imning havosidan berib yuboring.

Bu yerning havosida tezak isi yo'q,
Yangi yopilgan nonning bezak isi yo'q,
Kelgunicha chidayman bo'lsin ko'ngil to'q.
Qishlog'imning havosidan berib yuboring.

Yelib-yugurganda ham yetolmayapman,
Hech qaysi do'kondan ololmayapman,
Ayamning isini topolmayapman.
Qishlogʻimning havosidan berib yuboring!

Gʻarib shoir.