Get Mystery Box with random crypto!

“Real” bugun misli ko‘rilmagan va o‘ziga umuman xos bo‘lmagan | FUTGOL

“Real” bugun misli ko‘rilmagan va o‘ziga umuman xos bo‘lmagan uslubda g‘alaba qozondi. Ha, bu Anchelottining uslubi. U istalgan raqibga qarshi moslasha oladi. O‘tgan yili o‘xshamagandi. Bu safar Papa Karlo o‘xshatdi.

Aynan u g‘alabaning tamal toshini qo‘ydi. Yoki siz quloqsiz Vinisiusning sariq olmasdan va himoyaga butun o‘yin davomida o‘zi xohlab yordam berishiga ishonarmidingiz? Bu so‘zsiz Anchelottining mehnati.

Bir qarashda o‘ta ishonchsizdek ko‘rinadigan Luninni shu darajaga kelishida ham Don Karloning o‘rni, hissasi beqiyos. “Man.Siti” bugun yutqazmadi, balki Lunin yutdi.

@futgol_uz