Get Mystery Box with random crypto!

APL. Firmino va Salohdan dubl, «Liverpul»dan 7ta gol Angliya | 🇦🇷 Messi va Ronaldo 🇵🇹

APL. Firmino va Salohdan dubl, «Liverpul»dan 7ta gol

Angliya Premer-ligasi 14-turiga start bergan o‘yinda «Liverpul» Londonda «Kristal Pelas» ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

Javobsiz yettita gol kiritilgan bahsda Firmino va Salohning dubli hamda Minamino, Henderson, Manening gollari Klopp jamoasiga 7:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. 

Natijada «Liverpul» ochkolari sonini 31taga yetkazib, 1-o‘rin bilan yaqqol yetakchiga aylandi. «Kristal Pelas» 18 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

APL. 14-tur. 
Kristal Pelas – Liverpul 0:7
Gollar: 0:1 – 3 Minamino, 0:2 – 35 Mane, 0:3 – 44 Firmino, 0:4 – 52 Xenderson, 0:5 – 68 Firmino, 0:6 – 81 Saloh, 0:7 – 84 Saloh.
Kristal Pelas – Guaita, van Anholt, Klayn, Keyhill, Shlupp, Milivoyevich, Kuyate (Tomkins, 63), Makartur (Ridevald, 75), Eze (Batshuayi, 69), Zaha, Ayyu.
Liverpul – Alisson, Robertson, Matip, Aleksander-Arnold, Fabino, Henderson, Keyta, Minamino, Veynaldum (Jons, 69), Mane (Saloh, 57), Firmino (Oksleyd-Chemberlen, 75).

┄অঠ▉╠ @Futboltvlive107 ╣▉ঠঅ┄