Get Mystery Box with random crypto!

Neymar bu yil boshqa maydonga tushmaydi PSJ hujumchisi Neymar | 🇦🇷 Messi va Ronaldo 🇵🇹

Neymar bu yil boshqa maydonga tushmaydi

PSJ hujumchisi Neymar bu yil boshqa maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Lill»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida xabar bergan. 

Parijliklar klubi bosh murabbiyining ma’lum qilishicha, Neymar oyog‘ining to‘piq qismidan olgan jarohatidan tiklanish uchun qariyb uch hafta vaqt talab etiladi. Bu esa braziliyalik futbolchining yanvar oyining boshida qaytishini bildiradi. 

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi Fransiya chempionati 14-turi doirasidagi «Lion»ga qarshi uchrashuvda maydonni shifokorlar yordamida tark etgan edi.

𝐌𝐞𝐬𝐬𝐢 𝐯𝐚 𝐑𝐨𝐧𝐚𝐥𝐝𝐨 𝐭𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢
𝙺𝚊𝚗𝚊𝚕𝚒𝚖𝚒𝚣𝚍𝚊𝚗 𝚞𝚣𝚘𝚚𝚕𝚊𝚜𝚑𝚖𝚊𝚗𝚐:
https://t.me/joinchat/AAAAAFfPO_aAbnziwHGmHw