Get Mystery Box with random crypto!

Mundial bilan xayrlashgan “974” Kecha Braziliya va Janubiy Ko | J

Mundial bilan xayrlashgan “974”

Kecha Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng nafaqat koreyslar, balki “974” stadioni ham mundialdagi ishtirokini yakunladi.

974 ta konteyner yordamida barpo etilgan stadion JCH—2022 dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Endi bu arena buzib tashlanadi va konteynerlar muhtoj mamlakatlarga taqdim etiladi.

“974” Qatar mundiali bilan xayrlashgan uchinchi stadion bo‘ldi. Avvalroq Argentinani chorak finalga chiqqan o‘yiniga mezbonlik qilgan “Ahmad bin Ali” va Xorvatiya—Yaponiya o‘yinini o‘zida o‘tkazgan “Al-Janub” ham mundialdagi faoliyatini tugatgandi.