Xoin bo'lolmadim , kechiring ona! Yoshlikdan topdim men go'za | Für Glück
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Yoshlikdan topdim men go'zal tarbiyat
Qoshimda qalbingiz erur parvona
Afsus qilolmadim tuzik bir hizmat
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Saroylarda she'rlar o'qib xalqimga
O'zimni ko'rsatsam bo'lardi yona
Lek so'nggi lahzada g'amgin qalbimga
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Ko'rdim ne hofizni g'amgin kuylatgan
Shoirlar shohlarga bo'lmish hamxona
Laycha it misoli dumin o'ynatgan
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Tentirab, aynigan muhitda sa'ssiz
Sizga faqat tashvish berdim mardona
Endi qasrlarda yashay olmassiz
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Munis qo'lingizda gulmas qadoqlar
Mendan ko'rganinggiz faqat g'amxona
Mendeyin odamni sochida oqlar
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Boshqalar singari g'ururlanmassiz
Ehtimol dardingiz to'nmish har yona
Bir kuling do'stlarim ichida yolg'iz
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Qo'limdan tortqilar o'ziga shuhrat
Zayliga yurgizmoq istar zamona
Shunda ham Allohga hamd bo'lsin faqat
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Yig'lamang siz mag'rur dunyoga boqing
Hech kim bilmas hali kimda tantana
Quvnoq suratlarim barini yoqing
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
Endi voz kecholmam aslo bu hisdan
Garchi dunyo erur bir mehmonxona
Netay shu ta'limni olganman sizdan
Xoin bo'lolmadim , kechiring ona!
X.Xamidov