Get Mystery Box with random crypto!

​ Boburjon Abduholiqov Ukrainaning Futbol TV kanaliga ber | Uzb Legionerlar

Boburjon Abduholiqov Ukrainaning Futbol TV kanaliga bergan intervyusi: ​​“Rux” tarkibiga qo'shilganimdan juda ham xursandman. Jamoaga ko'proq gollar urish va sifatli o'yin qurish borasida yordamlashish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Birinchi mashg'ulotni sabrsizlik bilan kutyapman. Hozir ajoyib his-tuyg'ularni boshdan kechiryapman. Menda boshqa klublardan ham qulayroq shartlar asosidagi takliflar bor edi, ammo mablag' men uchun asosiy maqsad emas. Men futbolchi sifatida o'sishni va Evropaning yaxshi chempionatlaridan birida o'ynashni istayman. “Rux” men uchun tramplin vazifasini o'taydi. UPLda  “SHaxtyor” va “Dinamo” singari klublarning o'ynashi chempionatning yuqori saviyasidan dalolat beradi. 
Avvalroq “16” raqami ostida Maksim SHackix to'p tepgan. SHu tufayli mazkur raqamni tanladim. Maksim – o'zbek va ukrain futbolining afsonasi. Uning o'yinlari meni har doim qoyil qoldirgan. Bilaman, u “Rux” tarkibida ham faoliyat olib borgan edi.
Dastlab, moslashish jarayonidan o'tishim kerak. Keyingi qadam esa ko'proq gol urib, jamoaning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shish bo'ladi. Men “SHaxtyor”ga qarshi o'ynashni istayman, ular kuchli jamoa. Debyutimni intiqib kutyapman. Bosh murabbiy avvalo jismoniy tayyorgarligimni tekshirib, keyin o'yinga chiqish-chiqmasligim haqida yakuniy qarorini aytar ekan”.


@Bobur_abdixoliqov