Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi tushlar koʼrgin, ertaga uygʼon! Koʼray, yaxshilarning | Simpathy📝

Yaxshi tushlar koʼrgin, ertaga uygʼon!
Koʼray, yaxshilarning ichida seni...
Yaqinlar ichida...
Ular oz qoldi!
Kamaygani sari, choʼchitar meni.

Bitta yaxshi duo - senga atadim,
Bir dona-yu, duolar azamati u!
Sen unga yetishsang, omonlikdasan,
U senga yetishsa - koʼrmaysan qaygʼu...

Аytilmagan gaplar - bir kun aytilar,
Xatto soʼzlarning ham rizqi bor - kundan,
Faqat, bitta soʼzga aylanmaydi til,
Men sendan roziman, rozi boʼl... mendan...

- Ummu Zaynab Ummu