Get Mystery Box with random crypto!

Pandemiya vaqtidan beri o’zim ham masofadan turib ishlayman. B | Freelancer | Shoxida

Pandemiya vaqtidan beri o’zim ham masofadan turib ishlayman. Bu vaqt ichida SMM, Shaxsiy brend, Mobilografiya va Kopirayting bo’yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo’ldim.

Hozir ham ayni shu ishlar bilan shug’ullanaman. Niyatim Freelancer lar jamoasini shakllantirish va ko’paytirish.

Sababi juda ko’p ishsizlikdan qiynalganlarga ko’zim tushadi. Kuniga 9-10 soat ishlab, yo’l kira va tushlik uchun yonidan pul sarflab, 30 kun ichida 4 kungina dam olib, 26 kun davomida 2 million so’mga ishlashga tayyor insonlar ko’p.

Hozir texnologiyalar asrida yashayapmiz. Hamma narsa internet orqali bajarilmoqda. Internet orqali kiyinamiz, internet orqali ovqat buyurtma qilamiz, internet orqali ta’lim olyapmiz, hammasi internet orqali bajarilmoqda.

Kuniga yangi narsa kashf qilinmoqda, ishlab chiqarilmoqda. Biz ham bugunning o’zida ulgurmasak, keyin kech qolishimiz aniq.