Get Mystery Box with random crypto!

Foydali Taqriz

Telegram kanalining logotibi foydali_taqriz — Foydali Taqriz F
Telegram kanalining logotibi foydali_taqriz — Foydali Taqriz
Kanal manzili: @foydali_taqriz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 310
Kanalning ta’rifi

Kitob tanlashga qiynalayotgan kitobxonlar uchun eng kuchli taqriz va iqtiboslar.✍️
Kitoblar bo'yicha xulosa, maslahatlar, tavsiyalar 📝
Istalgan turdagi kitoblar: diniy, siyosiy, psixologik, ilmiy, badiiy. 📚
Murojaat uchun: @Foydalimaslahat_bot📬

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-31 21:40:38 #Tavsiya
#pdf
- Farengeyt bo'yicha 451 daraja
- Rey Bredberi

Boshqalarga ham ulashing @foydali_taqriz
353 views18:40
Ochish/sharhlash
2022-05-31 21:39:36 Asarda qoloq va omi xalqqa eng buyuk va eng oliy maqomda ekanliklari targ'ib qilinadi , ularni bunga ishontrishadi . Asli kasbi o't o'chirish bo'gan insonlar kitoblarni yoqish bilan shug'ulanadilar . Bu kasb jamiyatda obro'lli kasb hisoblanadi . O'rta qatlam , o'qituvchilar , olimlar va professorlar esa eng past toifadagi odamlar bo'lib ularni hamisha taqib qiladilar . Xato narsalarni to'g'ri va to'g'ri narsalarni xato deb qabul qila boshlagan odamlarga kitob o'qish eng jirkanchlik sifatida uqtiriladi . Bunday "jirkanchlikka" qo'l urganlarni esa o'lim jazosi bilan mukofotlaydilar . Lekin odam hamisha manaviy ozuqaga muxtojdir .
Bu extiyojlari esa turli xil seriyallar , ko'rsatuvlar , tok-shoular "qarindosh" nomli vizual suxbatdosh do'stlar orqali qontirtiriladi .
Asarning axamiyati shundaki siz uni o'qir ekansiz o'zingizga va o'zingiz yashayotkan muxitga chetdan nazar sola boshlaysiz va faxmlaysizki biz qaysidur manoda utopiyalarda yashamoqdamiz . Futurolog sanalmish utopik yozuvchilar aslida haq bo'lib chiqishayotkaniga guvox bo'lasiz . Sir emas-ki bugun jamiyatimizd kitobxonlik darajasi odingigga qaraganda anchayin pasaygan . Uning o'rnini esa smarfonlar va media egallagan . Kitobxonlarga asar qahramonlaridek jerkanish bilan qaramasakda hayrat va kulgu aralash qaraymiz (hozircha) . O'zingizga chetdan nazar soling ! . Siz o'zingiz uchun manaviy ozuqani nimadan olmoqdasiz ?
Agar bu savol sizni o'ylantirmasa demak bu haqida chuqrroq o'ylab ko'rmagansiz xolos . Asarda kichik bir epizod bor :"Elas- elas eslaydi , hali bolalik chog'ida bir kunni elektr o'chib qoldi . Onasi oxirgi shamni topib kelib yoqqan edi o'shanda . Sham yonib turgan o'sha qisqa fursat ajoyib kashfiyotlar daqiqasi bo'lgan edi . Olam boshqacha bo'lib qolgan , makon cheksizligini yo'qotgan edi . Ona- bola biri birlarini endi ko'rib turgandek , elektrni esa mumkin qadar kechroq ulashlarini ko'ngillridan o'tqazar edilar..."( Ray Fredberyning " frangeyt bo'yicha 451" asaridan ). Bu asarning yozilgan yillariga etibor berilsa ( Sal kam 70 yil to'ldi) dunyo elektrlashayotkan , Tv yaqinda kashf etilgan va tobora ikkisi ham ommalashib borayotkan paytlarga to'g'ri keladi . Odam o'sha davrlardan Tvlarga shunchalik muxlanib qoladilar-ki muallif esa buning oqibatlarini oldindan bashorat qila olgandi . Bu narsalar odamlarni biri birlaridan yiroqlashtirib begonalashtirib yuborishni anglay olgandi . Bugun har birmizning qo'limizda smarfonlar bor . Bu smarfonlar esa bizga uzoqdagi odamlarni qachalik yaqin qilgan bo'lsa yaqinmizdagi insonlarni bizdan shunchalik uzoqlashtirib yubordi . Bugun har kimning qaysidur Ijtimoiy Tarmoqda qanchadur qimdorda umrida kormagan "do'st"lari bor . Bugun Ijtimoiy Tarmoqlar hayotimizning bir bo'lagiga aylanib ulgurdi ( Huddi asardagi qahramonlar hayotlarini TV , dasturlar , seriyal va "qarindosh"larsiz tassavur eta olmaganlaridek...

Insoniyat tarihida haqiqiy erkinlik bo'lganmi yoki yo'q bilmayman ammo har qachon hurriyat uchun kurash bo'lgan...

Shu kabi asarlar
1984
1985
Farengeyt
Molxona

@TaskinKitoblar _Yaxshiliklar sari odim!
339 views18:39
Ochish/sharhlash
2022-05-31 06:38:52 ​​#Taqriz #Mutolaa
بسم الله الرحمن الرحيم

" TIRILISH NASLI " KITOBI.
Sezai Karakoch.
Kitob 93 betdan iborat.

"Musulmon kuchli bo'lishga majbur. Bu uning burchi. Ham o'z e'tiqodi va madaniyatini asrash uchun, ham zulmning insoniyatga qo'l tekkiza olmasligi uchun".

Turkiyaning eng oldi adiblaridan, siyosatshunos yozuvchi Sezai Karakoch qalamiga mansub ushbu asarda Islom jamiyati tanazzuli va zaiflashuvi sabablari oqibatlarini yoritib bergan va bularga ilmiy jihatdan yechimlar bergan. Asarni o'qish davomida, musulmonlar yana rivojlanishi, ilm va tarqqiyotga erishishlari uchun tavsiya, yo'l-yo'riqlarga ega bo‘lasiz.

Muallif asarni "Tirilish nasli" deb bejiz nomlamaganini kitob o'qish davomida amin bo'lasiz. Bu asar bir xitob bo'lib, Islom madaniyatining qayta tirilishi, uyg'onishiga hissa qo'shmoqchi bo'lgan har bir inson, har bir "Tirilish nasli" uchundir. Asar 93 betdan iborat bo'lib, qayta-qayta , tafakkur qilib o'qishlik asardir.

Asardan iqtiboslar:

​ Musulmonlar dastlab Islomning vaqt va tarixga nisbatan javobgarligini qoʻldan boy berdilar. Soʻngra jamoaga boʻlgan masʼuliyatlari zaiflashdi. Oxir oqibatda, bugungi kunimizdagi, afsuski, shayton va Islom dushmanlarining hujumlari har birimizning ichki “Men”imizni choʻktira boshladi. Endilikda eng katta mudofaamiz, jangimiz oʻz ichimizda roʻy bermoqda.

Boshqalarga so'zda va amalda qullik qilmasdan o'z musulmonligiga mos ravishda hurligini qo'lga kiritish uchun to so'nggi nafasigacha kurashishni Islomiylikning, musulmonlikning asosi deb bilishi zarur. Buni nafsiga tegishli g'urur sababidan emas, balki o'zi yashayotgan muhit, ya'ni musulmonlikning voz kechib bo'lmaydigan zarurati deb qarash lozim.

Jangda vatanni himoya qilish bilan, yurtning ichida o'z madaniyatimizni ko'z o'ngimizda halokatga sudrayotganlar bilan kurashish bir-biridan farq qilmaydi.

Tirilish bu xayrli va yaxshilik ulashuvchi jamoani yuzaga chiqarish yoʻlidir. Tirilish shaytonning toʻplagan har bir jamoasini tarqatib yuborish, Allohning arqoniga mahkam bogʻlangan jamoani qurish yoʻli, usuli, kurashi demakdir.

Mahliyo Xusanova

@foydali_taqriz
368 views03:38
Ochish/sharhlash
2022-05-28 12:08:40 #kechinmalar

Dunyo bersangiz ham bo'lmaskan ro'yo, magar dunyo Egasi bo'lmasa rizo..
388 viewsedited  09:08
Ochish/sharhlash
2022-05-28 08:55:22 ​​#Taqriz
بسم الله الرحمن الرحيم

" HADIS VA HAYOT 3-JUZ. Niyat, ixlos, ilm.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari.

"Ilm olish har bir muslim va muslimaga farzdir".

Barchamizga ma'lumki, har ilmning, amallarning boshi niyatga borib taqaladi. Banda biror ishni amalga oshirishdan avval niyat qiladi, niyatni qalbdan o'tkazadi. So'ng, ixlos ila uni amalga oshiradi. Ibodatlarimizning ham avvali niyat bilan boshlanadi. Niyatsiz hech bir amal komil bo'lmaydi.

Shayx Muhammad Sodiq hazratlarining ushbu asari niyatni to'g'rilash, har qanday amal, ilmni holis ALLOH rizosi uchun amalga oshirishni , inson har bir amalni ilm bilan amalga oshirishi kerakligi, niyat, ixlos, ilm haqida sahih hadislar va ularning sharxlaridan iborat. Asarni o'qish davomida niyatni to'g'rilashni, ALLOH roziligini ko'zlanmagan har qanday ish savobi habata (bekor) bo'lishi, har bir inson amali niyati qadar bo'lishiligiga yana bir bor amin bo'ldim.

Ilm ALLOH TA'OLO tomonidan bandaga beriladigan eng yuksak ne'matdir. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam : "Kim ilm talab qilsa, ALLOH TA'OLO unga jannat yo'lini oson qiladi" deganlar.

Asardan iqtiboslar:

"Osonlashtiringlar qiyinlashtirmanglar, xushxabar beringlar, nafrat qilmanglar".

"Ey Abu Zarr! Ertalab turib, ALLOHning kitobidan bir oyat o'rganmog'ing sen uchun yuz rakat (nafl) namoz o'qiganingdan yaxshiroqdir. Ertalab turib, amal qilinganu qilinmagan ilmdan bir bob o'qimog'ing, sen uchun ming rakat (nafl) namoz o'qiganingdan yaxshiroqdir".

Kim ALLOHning roziligi talab qilinadigan ilmni faqat dunyoning o'tkinchi matohiga erishish uchun o'rgansa, qiyomat kuni jannatni hidini ham topa olmaydi.

Basirat - Najot ilmda..

@foydali_taqriz
400 views05:55
Ochish/sharhlash
2022-05-20 20:17:16 ​#tavsiya

Lev Tolstoy - Tirilish

Bir inson misolida yurtdagi ko'pchilikning qaysidir ma'nodagi johiliyatdan uyg'onishi, tirilishi haqidagi ajoyib asar. Kitob uch qismdan iborat bo'lib, uyg'onish bosqichlariga mos ravishda voqealar yoritib borilgan.

Birinchi qismda asosiy qahramon o'zining o'qimishli, boy, aslzoda bo'lsa-da naqadar tubanlikda ekanligini anglaydi. Hamma tengligi, kambag'allarga yordam berishi kerakligi haqidagi yoshlikdagi fikrlarini eslaydi.

Ikkinchi qismda zulm ko'rgan, kambag'al, baxtsiz odamlarga qo'limdan kelganicha yordam beradi, asosiy boylik manbalaridan ular uchun voz kechadi.

Uchinchi qismda turli yo'llar bilan o'zi kabi harakat qilgan boshqa insonlarni ham uchratadi va "g'alatiroq" aslzoda faqat o'zi emasligini, xalq orasidan bunday odamlar tobora ko'proq yetishib chiqayotganini ko'radi.

Kitobda voqealar juda sekin rivojlanadi. Tolstoy har bir qahramonni, kichik epizodik qahramon bo'lsa ham, erinmasdan ta'riflab chiqadi. Ularning xarakteri, o'sha paytdagi psixologik holati atroflicha tasvirlanadi. Bu holat ayniqsa sud jarayoni ko'rinadi. Sudyalar, maslahatchilar, ruhoniy, ayblanuvchilar hammasi haqida alohida gapirib chiqadi. Va ko'ramizki, ularning birortasi ham kamchilikdan holi emas, ba'zilarining qilmishlari ayblanuvchilarnikidan ham qolishmaydi. Shunchaki, uyiga tezroq borgisi kelgani yoki ma'shuqasining yoniga shoshilgani uchungina qanday bo'lsayam qaror qabul qilinishini kutishadi.
Biz odatda sud jarayonini qandaydir yuqori darajada tasavvur qilamiz, lekin sudyalar, sud maslahatchilari, prokuror, advokatlar uchun bu shunchaki oddiy, kundalik ish. Biz har kuni ishga qanday borib kelsak, ular ham shunday borib kelishadi.

Tolstoy turli qatlamdagi, turlicha ijtimoiy statusdagi odamlarning xususiyatlari, o'y-fikrlari, dunyoqarashi, hayotiy muammolarga munosabati, nimani muammo deb bilishi kabi inson ruhiyatiga bog'liq masalalarni mahorat bilan tasvirlab beradi.

"Tirilish" tahlil qilinishi lozim bo'lgan shu qadar ko'p hayotiy holatlarni qamrab oladi-ki, ularni bitta postga sig'dirish yoki aytib berish orqali yetkazish qiyin. Eng yaxshisi har Kim o'zi o'qib, o'zi uchun tahlil qilishi lozim.

Hech kim mukammal bo'la olmasligini ta'kidlab, odamlardagi kamchiliklarga oddiyroq ko'z bilan qarashga undagani uchun ham "Tirilish"ni o'qishni barchaga tavsiya qila olaman!

Akramjon Abdurahimov

@foydali_taqriz
543 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-05-20 20:09:34
"Tasnim" nashriyotidan yangi tarjima kitob!

Tez orada turk adibi Ahmad Gunbay Yildizning "Bizga sajda yarashadi" kitobi sotuvga chiqadi!

"Robbisidan tongan bir yigit...
Razil da’vatlarga qarshi chinakam sabot...
Keskin imtihon...
Muhabbatli qalblarning fojiaviy firoqi...

Suyuklisini tuproqqa topshirib, dunyolardan ko‘ngil uzgan Saltik Bug‘roning hayot daftarida yangi sahifa ochgan Istanbul.

Iztiroblari davosini o‘ziga O‘zidan kelgan uns bilan sajdada, hech kimlik maqomida topgan yuraklarning iymon hikoyasi..."
503 views17:09
Ochish/sharhlash
2022-05-11 04:00:01 ​#Qizlaruu
#tavsiya


Нозик Хилқат

Шайх Муҳаммад Юсуф Муҳаммад Содиқ ҳазратларининг асарларида аёллар мавзуси

Аллоҳ таолога ҳамду саноларимиз бўлсинки, Ўз дини таълимотларида аёлнинг шаънини баландларга қўйиб, унинг оёқлари остига жаннатни тўшаб қўйди.

Эслатаманки, мен феминист эмасман. Аёллар фитратан ожиза ва жуда ҳам нозик хилқатдир. Уларга энг яхши (сўзлар) ва юмшоқлилик керак.

Оиша розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Набий соллалоҳу алайҳи васаллам: "Сизларнинг яхшиларингиз – аҳли аёлига яхшироғингиздир. Мен сизларнинг аҳли аёлига яхшироғингизман", дедилар”.

Термизий ва Ибн Ҳиббон ривоят қилишган.

Аёл ўзининг ҳақиқий қадрини, ўзлигини, чинакам буюклигини Исломда топди, десак муболаға бўлмайди. Юқоридаги ҳадис ҳам бир мисол эди бунга. Ислом динининг аёлларга бўлган юксак муносабатини билиш учун шунчаки Ислом таълимотларига, Қуръон ва Суннатга мурожаат қилиш керак. Баъзи бир "феминист(ка)"лар эса, Исломда аёллар ўрни қандайлиги ҳақида бир тўлиқ билимга эга бўлмасдан, кимдандир эшитиб олиб, ўзларича "Исломда аёллар шахсияти топталади. Унда аёллар ҳуқуқлари йўқ", деб оғиз тўлдириб гапиришади. Ёки, феминист бўлмай туриб ҳам шу каби фикрда юрадиганлар кўпайган. Бунга сабаб нима дейилса, мен ишонч билан айта олманки, ана ўшаларнинг баъзилари жоҳиллигича қолиб китоб ўқимаган, Исломда аёлларнинг ҳақ-ҳуқуқларини билишмайди. Шу жоҳилликдан чиқиш учун ҳам китоб ўқиш керак.

Қандай китоб дейсизми?
Билганингиздек, Шайхимизнинг кўплаб китоблари мавжуд. Уларнинг асарларида аёлларга доир масалаларга алоҳида эътибор берилган экан, уларни жамлаб, таҳлил қилиб, маълум тартибга солиб ўқувчиларга тақдим этиш керакли ишлардан. Шу ишни Зебинисо Қутбиддин бажардилар.

Қисқа қилиб айтганда, ушбу китобга қиз фарзанд дунёга келиб, токи умрининг охирига етгунга қадар учратадиган ҳолатлар, муаммолар асосий мавзу қилиб олинди. Улар қизнинг ёши ва асарларнинг тарихий-тажрисийлигига кўра Шайхимиз асарлари воситасида муолажа қилинди. Имконият даражасида аёлларнинг диний ҳақлари билан биргаликда, улар амал қилиши керак бўлган ҳукмлар ва одоб-ахлоқ ҳақида маълумотлар берилади.

Китобни хар бир қиз ўқиб чиқишини #тавсия қиламан.

Bintu Ahmad

@foydali_taqriz
645 views01:00
Ochish/sharhlash