Get Mystery Box with random crypto!

​#taqriz Mahramiyat tarbiyasi | Adem Gunesh 'Kishining b | Foydali Taqriz

​#taqriz


Mahramiyat tarbiyasi | Adem Gunesh

"Kishining biror vaziyatda o'ziga nisbatan hurmatsizlik qilinayotganini aytmasligi o'ziga hurmatining to'kis emasligini anglatadi".

Ota-onaning farzandi uchun beradigan eng katta hadyasi bu unga to'g'ri tarbiya berishidir. Tarbiya esa faqatgina bolaning biror mehmondorchilikka borganda dasturxonga qo'l uzatmasdan jim o'tirishi, kattalar gapirganda haq bo'lsada jim turishi, o'zining haqqi ketsa ham birovning haqqiga hiyonat qilmaslikni bilishi, uyni doim ozoda tutishi, maktabdan hech kechikmay uyga o'z vaqtida kelishi emas!

Tarbiya bu butun bir boshli bolaning kelajagini kerak bo'lganda yo ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgartirib yuboradigan kuchli bir vosita. Afsuski, hozirgi kunda tarbiyaning o'zi haqida yetarlicha ma'lumotimizning yo'q ekanligi achinarli...

Hozirda sizga tanishtirmoqchi bo'lgan kitobimda tarbiyaning bir qismiga kiradigan mahramiyat tarbiyasi haqida gap boradi. Bu juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, afsuski qisqa taqrizlarda bu tarbiyaning mohiyatini ochib berish biroz mushkul.

"Ko'pgina ota-onalar mahramiyat tarbiyasi deganda o'g'il va qiz bolalarni bir-biridan majburan ajratishni, xatto birga o'ynashlariga yo'l qo'ymaslikni tushunadi. Xolbuki, his-tuyg'ularni majburan boshqarib bo'lmaydi. Hech bir davomiy xulq-atvorni majburan shakllantirishning iloji yo'q!"

Bola tarbiyasida eng ko'p yo'l qo'yiladigan katta xatolardan birir bolalarga haddan oshiq ravishta chegara qo'yish, oldiga to'siqlarni qo'yib tashlash, majburiy ravishda talab qo'yish hisoblanadi. Buning natijasida bolada na xarakter shakllanadi, na mustaqil fikr va na hislar. Ota-onasi tomonidan majburiy ravishda boshqariladigan bolalar kelajakda juda ko'p qoqilishlariga hayotda juda ko'p guvohi bo'lamiz!

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bola tarbiyasi yengil jarayon emas. Bu ota-onadan katta qurbonliklarni talab qiladi. Alloh taolodan omonat qilib yuborilgan bolaning tarbiyasi esa bugungi kunda barchasidan muhim bir jarayonga aylanmaguncha ummat bolalari yetuk olim-u allomalarning natijalarini takrorlashi amrimahol!

Ota-onalarga tavsiya!!!

Siddiqa Hasan

@foydali_taqriz