Get Mystery Box with random crypto!

​ Dunyoga mashhur kompaniyalar oʻz faoliyatlarini nimadan bos | Foydali faktTG | Rasmiy kanal

Dunyoga mashhur kompaniyalar oʻz faoliyatlarini nimadan boshlashgan?

Hugo Boss ilk liboslarini gestapodagilar uchun tikkan.

BMW avtogiganti esa samolyot va ularga dvigatel ishlab chiqargan.

Bonduelle kompaniyasi spirt ishlab chiqarish bilan shugʻullangan.

Philips&Co chiroq va radiolar ishlab chiqargan va hozirgi kungacha bu faoliyatini davom ettirmoqda.

IBM kompyuterlardan avval hisoblash mashinalari hamda tarozilar ishlab chiqargan.

Toyota oʻz biznesini tikuv mashinalaridan boshlagan va hozirgi kunga qadar tikuv mashinalar ishlab chiqaradi.

IKEA kompaniyasi assoschisi Ingvar Kamprad oʻz biznes faoliyatini gugurt va boshqa mayda buyumlar savdosi bilan boshlagan.

Koreyaning LG kompaniyasi tish tozalash kukuni bilan ish boshlagan.

Sony kompaniyasining ilk mahsuloti guruch pishiradigan elektr moslama boʻlgan.

Nokia ilk bor qogʻoz va kalish ishlab chiqargan.

Samsung esa oziq-ovqat, mevalar savdosi bilan shugʻullangan.

@Foydali_faktTG