Get Mystery Box with random crypto!

-Juft juftiga yo shifo boʻladi, yoki juftini shifoga muhtoj qi | .

-Juft juftiga yo shifo boʻladi, yoki juftini shifoga muhtoj qiladi.
Hozirgi kunda juftlar bir birlarini boricha qabul qilmaganlari uchun ularning nikohi muammolarga toʻla.
Bir birlarini oʻzgartirishga, boshqalashtirishga harakat qiladi.
Ayol erkaklasha boshlagach, erkak passivlashadi.
Erkak passivlashsa, ayol agressivlashadi.
Erkak agressivlashsa, ayol chorasizlikka kira boshlaydi.
Ayol chorasizlikka kirgach, oʻrtada bolalar ezila boshlaydi.
Holbuki, baxtning asosiy sababi-oʻzaro hurmat va insonni boricha qabul qilish.
Inson unga nisbatan qilingan bosim va zoʻrlik qadar emas,
«oʻzi boʻlishiga» izn berilgani qadar insondir.
Jazo bilan qoʻrqitilgan yoki mukofot evaziga yoʻlga solingan bola-sogʻlom bola emas.
Oilada sogʻlom farzandlar tugʻilishi uchun, sogʻlom muhit yaratish kerak.