Get Mystery Box with random crypto!

♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚ 78 - GRAMMATIKA -(으)ㄴ, 는, (으)ㄹ | FoRwArD_KiNgDoM (한국어)

♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚♚
78 - GRAMMATIKA

-(으)ㄴ, 는, (으)ㄹ 것 같다, 인 것 같다 Ushbu grammatika biror holat yoki harakatni yuzaga kelganini yoki yuzaga kelishini tahmin qilish uchun ishlatiladigan grammatikadir.

O'zbek tiliga "ga o'xshamoq" deb tarjima qilinadi.

Otlarga: ~ 인 것 같다

Sifatlarga: Hozirgi z ~ (으)ㄴ 것 같다
Kelasi z ~ (으)ㄹ 것 같다

Fe'llarga: Hozirgi z ~ 는 것 같다
O'tgan z ~ (으)ㄴ 것 같다
Kelasi z ~ (으)ㄹ 것 같다


알리 씨가 오늘 학교에 안 올 것 같아요.
1. Ali bugun maktabga kelmaydiganga o'xshaydi.

이번 시험이 어려울 것 같아요.
2. Bu safargi imtihon qiyin bo'ladiganga o'xshaydi.

저 사람이 한국 사람인 것 같아요.
3. Anavi odam Koreysga o'xshaydi(Koreys shekiki).

오늘 알리 씨 생일인 것 같아요.
4. Bugun Alining tug'ilgan kuni shekili.

지금 밖에 비가 오는 것 같아요.
5. Hozir tashqarida yomg'ir yog'ayotganga o'xshaydi.

유진 씨가 집에 간 것 같아요. 자리에 가방이 없어요.
6. Yujin uyiga ketganga o'xshaydi joyida sumkasi yo'q.

Ushhbu grammatika 있다, 없다 bilan tugovchi sifatlar bilan doim 는 것 같다 shaklida ishlatiladi.

집에 아무도 없는 것 같아요.
1. Uyda hechkim yo'qga o'xshaydi.

저 식당 음식이 맛있는 것 같아요.
2. Anavi oshxona ovqatlari mazaliga o'xshaydi.


Ushbu grammatika inkor (emasga o'xshaydi) ko'rinishda quyidagicha ishlatiladi.

Sifat: ~ 지 않은 것 같아요
Fe'l: ~ 지않는 것 같아요
Ot: 이/가 아닌 것 같아요

1. 알리 씨가 요즘 운동을 하지 않는 것 같아요 =
2. 알리 씨가 요즘 운동을 안 하는 것 같아요.

3. 시험이 어렵지 않은 것 같아요 =
시험 안 어려운 것 같아요.

✭ 우리 채널 ✭
@Forward_Koreys_tili

✭ 우리 그룹 ✭
@FoRwArD_ToPiK_Test