Get Mystery Box with random crypto!

​​Biz sizni kutamiz! Markazimizning jonkuyar ustozlari tomo | AnidaM H/W

​​Biz sizni kutamiz!

Markazimizning jonkuyar ustozlari tomonidan aziz ayollarimiz uchun uzoq kutilgan treninglarga start berish arafasida turishibdi. Ushbu kunda bizning psixologlar jamoasi mehribon ayollarimizning bir kuni boʻlsa-da oʻzlari uchun ajratilishi hamda ularning turli muammolariga yechim topish uchun xizmatda boʻladilar.

Mutlaqo yangi formatdagi “Qirolichalar maktabi” yoʻnalishi boʻyicha 30 yoshdan yuqori boʻlgan va oʻz-oʻzini qaytadan kashf qilib, hayotga issiq nigoh bilan boqishni istagan ayollarimiz uchun 23-sentyabr soat 11:00 da Mashriq mashʼali markazida bepul treningga taklif etamiz. Ushbu trening mobaynida siz:

• Munosabatlar psixologiyasi;
• Farzandlar bilan munosabatlar;
• Erkaklar psixologiyasi;
• Oʻz-oʻzini sevish va qadrlash.

Kabi mavzular bilan maʼnaviy ravishda toʻyinishingiz mumkin. Sizlar uchun bonus sifatida ayol psixologlarimiz bilan birgalikda erkaklar psixologiyasi boʻyicha ham erkak ustozimiz oʻz maslahatlarini berib borish uchun tayyorlanishmoqda.

Trening mobaynida oshxonamizning mehribon ustozlari tomonidan tayyorlanadigan “Coffee break” ham tashkillashtirilgan.

Muammolardan qochish emas ular bilan yuzma-yuz kurashish vaqti keldi. Shunday ekan sizlarni ochiq eshiklar kunida kutib qolamiz.

Tel: +998991102727

Telegram | Instagram | Facebook