Get Mystery Box with random crypto!

#obunachimizdan #forishliklar OTAM Ulfat topdim janona topdim | Forish Reklama boʻlimi

#obunachimizdan #forishliklar
OTAM
Ulfat topdim janona topdim,
Biram ajib zamona topdim,
Bu dunyoda yugirdim chopdim,
Boringizga ming shukur otam.

Davringizda boylardan boyman,
Jo'shqin daryo osmonda oyman,
Soyangizda gijinglar toyman,
Boringizga ming shukur otam.

Sho'x davrimda davlatim otam,
Yiqilsam qo'l cho'zguvchi otam,
Hech kamim yo'q yonimda yursa,
Boringizga ming shukur otam.

Bezib ketdim chaqqan aridan,
Do'st-u dushman kular naridan,
Boringizda boyman baridan,
Boringizga ming shukur otam.

Dil g'ashlasa gohida nomard,
Meni yo'qlab kelsa hamki dard,
Yagona siz yonimda hamdard,
Boringizga ming shukur otam.


Omad ketib,kelganda xatar,
Hamisha siz olgaysiz xabar,
Sizga qo'shiq aytdim bu safar,
Boringizga ming shukur otam.

Tunda ko'cha kezibman nagoh,
Siz Xudodan so'rabsiz panoh,
Dardlarimdan chekdingiz siz oh,
Boringizga ming shukur otam.

Dunyo ishi berganida dars,
Siz borsizki ketmam sira past,
Umid sizdan to o'lguncha qarz,
Boringizga ming shukur otam.

UMID ALI

Форишликлар
каналига обуна бўлинг
@forish
https://t.me/+swdHiHEUSYRiMDcy
https://t.me/+swdHiHEUSYRiMDcy