Get Mystery Box with random crypto!

Hayotingda ikki insonning himmati koʻp-u, lekin koʻzingga koʻr | Dunyoni Oʻzgartiramiz ❗🕊️🫶

Hayotingda ikki insonning himmati koʻp-u, lekin koʻzingga koʻrinmaydi. Ular:

• Otangning senga qilgan harajati;
• Onangning senga qilgan xizmati.

Agar shu harajat va xizmatni begona odamdan koʻrganingda, butun umr undan uyalib biror marta ham koʻngliga ozor berolmasliging mumkin edi. Lekin otang va onangga gʻazab qila olasan, adovat qila olasan, minnat qila olasan, koʻnglini ogʻrita olasan. Chunki, ularniki koʻrinmaydi.
Fikr qil. To imkoning bor ekan ularga xarajating va xizmatingni ayama...