Get Mystery Box with random crypto!

Hayotiy orttirayotgan tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olam | Doctor me.🧠


Hayotiy orttirayotgan tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, muammolar asosan 2 xil boʻladi:
1.Maqsadingga erishish yoʻlidagi qiyinchiliklar
2.Oʻzing keltirib chiqaradigan muammolar

Maqsadingga erishish yoʻlidagi qiyinchiliklar sen qachonki maqsadingdan koʻra koʻprogʻiga ega boʻlishni xohlaganingda Olloh tomonidan in'om etiladi.
2-si esa seni oʻzing toʻqib chiqargan: "Buni uddalay olmasam-chi!? Buni qila olmayman..!" deb nomlangan ertaklaringdan kelib chiqadi. 2-holatda shunday muhitga tushasanki, shu ertaklaringga ishonib ular orasida tiqilib qolasan va natija: sen haqiqatdan ham shu ishni eplay olmaysan!
Maqsadga erishish yoʻlidagi qiyinchiliklar esa ,shunchaki, sen oʻylaganingdan da koʻprogʻiga olib boradi...

Doctor G
https://t.me/for_all_genious