Get Mystery Box with random crypto!

#flutter #hot_reload 'Hot reload' kòp hollarda tõģri ishlay | Flutter Organization

#flutter #hot_reload
"Hot reload" kòp hollarda tõģri ishlaydi, ammo ba'zi qismlarda ilovani butunlay tòxtatib, qaytadan "run" qilishingiz kerak("Hot Restart"). Ushbu holatlar:
1) Qachonki siz, initState() metodiga òzgartirish kiritsangiz
2) Qachonki siz, class'ni enum'ga almashtirsangiz, yoki aksi bõlsa
3) Qachonki siz class'dagi static òzgaruvchilarni qiymatini òzgartirsangiz
4) Qachonki siz " void main(){} " ichidagi kodni òzgartirsangiz...
————————————————————
P.s: Easy_localization ishlatuvchi dòstlarimning ba'zilarida lifecycle'lar haqida yetarlicha bilim bòlmasa, sòzlarni tarjima qilish uchun kerak bòladigan "tr()" funksiyasini initState() ichida yozib ketish ehtimoli bor ( ba'zan òzgaruvchilarni initState ichida "initialize" qilamiz ). Ammo, initState() widget lifecycle'ida faqat bir martagina ishga tushishini hisobga olsak, til òzgartirgandan keyin tepada ta'kidlagan widget'lardagi string qiymatlarni òzgarmagan holda topasiz. Sababi, bu widgetdagi initState qayta ishlashi uchun bu widget asosiy "widget tree"da qayta paydo bòlishi kerak bòladi.