Get Mystery Box with random crypto!

#tests #flutter_tests * Ancha vaqtdan beri deyarli hech nars | Flutter Organization

#tests #flutter_tests

* Ancha vaqtdan beri deyarli hech narsa yozilmagan ekan. Inshaalloh yaqin orada ko'pchiligimiz qilishdan qochadigan, ko'p vaqt oladi deb o'zimizni ishontirib qo'ygan mavzu - testing bo'yicha darslik chiqarmoqchiman.

* Unda testlarning turlari, ahamiyati, testlar aslida vaqt oluvchi emas, uni ancha tejovchi ekani haqida ba'zi bilimlarni bo'lishib o'tmoqchiman.

* Video darslik davomida "Weather App" qilib ko'rsatishni rejalashtirdim. Unda biror-bir yerning ob-havosini aniqlash, o'z lokatsiyasi orqali kerakli ob-havoni olib kelish, ob-havoni keshlash va internetsiz ishlatish haqida, interceptorlarni ishlatish, SOLID, GRASP va ba'zi Design Patternlar haqida ham qo'limdan kelgancha ma'lumot berib o'tmoqchiman. App kichkina bo'lishi mumkin, ammo kattaroq app uchun ishlatishga kerakli barcha bilimlarni berishga yetarli bo'ladi deb umid qilaman.