Get Mystery Box with random crypto!

​​Amerikaga ketmoqchi bo'lganlar eng ko'p so'raydigan 4ta savo | Floridiston

​​Amerikaga ketmoqchi bo'lganlar eng ko'p so'raydigan 4ta savol

#1 Qanday qilib ketish mumkin?

Samolyotda! :) Shunday deb hazillashaman. Bu kanalda esa #surishsirlari degan nojiddiy heshteg bilan Amerikaga kelishning kamida 10ta yo'li haqida shu yerga kelgan, amerikancha orzuni boshidan o'tkazgan odamlarning hikoyalarini yozib qoldiryapman. Heshtegni ustiga bossangiz ko'rasiz.

#2 Ingliz tilini bilmasdan Amerikada yashasa bo'ladimi?

Albatta bo'ladi. Ayniqsa Nyu York, Shikago, Filadelfiya va shu kabi shaharlarda o'zbeklar ko'p. Qo'llavorishadi. Bu har bir odamning o'z tanlovi. Ingliz tilini bilmagan odam biror idorada ishlolmaydi, o'z biznesini yuritishi juda qiyin. Mutassil ingliz tilini biladigan odamlarning yordamiga muhtoj bo'ladi.

Ingliz tilini o'rganib olishning zarari yo'q. Til bilib, ishoning, hech narsa yoʻqotmaysiz.

#3 Amerikaga borib bir pasta ingliz tilini oʻrganib olamanmi?

Mantiqan ha! Lekin Amerikada qayerga, kimlarning orasiga kelishingizga bogʻliq hammasi. Agar faqat oʻzbeklarning ichida yursangiz, tabiiyki oʻrganmaysiz? Why would you? (Maqas oʻrganib?)

Nyu Yorkka ishga kirib kelgunimcha, San Fransiskoda dasturchilikka oʻqishim inglizcha boʻlganini aytmasa, atak hamma narsa oʻzbekcha edi. Uyda “Otalar soʻzi” koʻrilardi. Bilaks, Amerikaga kelishimdan avval Toshkent xalqaro loyihalarda ishlardim. Amerikaga koʻchib tilni biroz unuta boshlaganimni (!) sezganman. :D

#4 Amerikada qancha pul topsa boʻladi?

Mahalliy naql bilan gapirsak: sky is the limit. Bu hammasi sizning qobiliyatlaringiz, qanday ishni qila olishingiz va harakatlaringizga bogʻliq.

Uzoq yoʻlga yuk mashinasi haydaydigan oʻzbeklar yiliga kamida 150-160 ming dollarcha toparkan. Programmistlar razryadiga qarab (soliqqacha) 70-80 mingdan 130-140, dalshe uyogʻi yanayam koʻprogʻigacha topa oladi. Xullas, juda koʻp topsa boʻladi.

Yana qanday ishlar qilish mumkin deb soʻrashadi. Bunga ham bitta aniq javob berish qiyin. Lekin odatda o'zbeklar nima ish bilan shug'ullanishini aytish mumkin: haydovchilik, yuk, odam va ovqat tashish, servis, qariyalarga qarashdan boshlab bizneslar yuritish, IT, yuridik va ilmiy faoliyatgacha.

@dengizortidan