Get Mystery Box with random crypto!

​​Amerikada kitob arzonligi haqida O'zbekistondaligimda bitta | Floridiston

​​Amerikada kitob arzonligi haqida

O'zbekistondaligimda bitta obedning puliga kitob beradi, lekin odamlar kitob olib o'qishga qizg'anadi shu pulini, deb o'ylardim. Hali ham qisman shunaqa deb o'ylayman.

Kaliforniyada 12-15 dollarga to'yib tushlik qilsa bo'ladi. Kitoblarning narxi esa...

Tarvuz sotuvchilarining ta'biri bilan aytganda, o'ziga qarab. Lekin istalgan klassik badiiy adabiyot yoki Nyu York Tayms bestsellerlari ro'yxatiga kirgan nisbatan eskiroq kitoblarni do'konlar yoki eBay, Amazon'da o'rtacha 5-6 dollarga topsa bo'ladi. Hatto tekinga ham.

Amerikaga endi ko'chib kelganimda axlat tashlashga chiqsam, axlat baki yaqinida kitoblar yotibdi. Egilib, qarab, titib o'tirgim kelmagandi. Odamlar nima deydi, degan o'zbekcha "o'rnashma"larim hali bo'lgan ekan-da o'sha payt.

Keyin bir necha marta ko'rdim chiqitga chiqarilgan kitoblarni. Bir marta ovqat tashib bir joyga borsam, podyezd tagida kitoobla-a-ar. O'sha yerdagi bratan aytyaptilar-da, xohlasang olaver, egasi olamdan o'tib qoldi, uyini bo'shatishdi shular chiqdi deb.

Yana boshqa ssenariy: deyarli har bir mahallada shunaqa erinmagan odam chiqadiki, u uyining oldiga kutubxonacha qilib qo'ygan, kitob olib, o'qib qaytarib kelib qo'yaverasiz.

Bu yil o'qiyman degan kitoblarimning ichida shunaqa ko'chadan topilgan asarlar ham bor. :)

@dengizortidan