Tun bag'rin yomg'irlar quchganda sekin Qandaydir mayin kuy tar | Fizmatzakovat
Tun bag'rin yomg'irlar quchganda sekin Qandaydir mayin kuy taralar sokin Atrofni ajib his qoplaydi lekin Dardimni tushunmas bu mayin yomg'ir Telba hislar sarson bo'lib kezganda Majnuntol sochidek xayol to'zganda Kech kirib qushlarning kuyi tinganda Sen ham yuragimni tinchlantir yomg'ir Bugun hislarimni loyga qoribsan Ancha sekinlashding demak horibsan Xasta yuragimni kimga beribsan Tunga sirlarimni sotibsan yomg'ir Og'ir qadam tashlab mana kuz keldi Singan ko'nglim sinib yana yuz bo'ldi Yurak qurg'ur endi butkul muz bo'ldi Muzlarni parchalab yog'ib yomg'ir Yillar o'tgan bolaligim yoz asli Ko'ngil ishqqa to'lib kuygan ishq fasli Bag'rimni o'rtagan o'sha tun asli Sokin tun qalbimga yog'ganding yomg'ir Yuvib o'tding balanddagi tog'larni Yashnatding-u qancha bog'-u rog'larni Lek baribir yuvolmading dog'larni Eski xotiralarni eslatding yomg'ir.