Get Mystery Box with random crypto!

Ayyoming muborak aziz muallim! Moziydan yo'g'rilgan yorug' nu | Fizmatzakovat


Ayyoming muborak aziz muallim!

Moziydan yo'g'rilgan yorug' nur misol,
Jaranglagan so'zin qulog'ingga ol.
Borini baxshida etishi ma'lum
Ayyoming muborak aziz muallim!

Borliq yaralgandir asli mehringdan,
Yuksalgan dunyo ham, ustoz, ilmingdan
Ishonchingni oqlar vujudim, tanim
Ayyoming muborak aziz muallim!

Har shogirdin shodligidan quvnagan,
Erta-yu kech bilim berib tinmagan,
Xalq bolasin farzandim deb siylagan
Ayyoming muborak aziz muallim!

Sen bir oysan, yuzlarida dog'i yo'q,
Bu dunyoda bor ekansan ko'ngil to'q,
Qadring bilmaganni ko'ksin teshsin o'q
Ayyoming muborak aziz muallim!

Shoirlarni shoir qilgan sendirsan
Yurtim osmonida o'chmas shondirsan,
Nuri qutlug' mangu yongan shamdirsan,
Ayyoming muborak aziz muallim!

Sinoni ham Sino qilgan sen bo'lding
Shogirding shonidan yayrading kulding
Buyuklikda Temurlarga teng bo'lding
Ayyoming muborak aziz muallim

Bizning shonimizsan baxtimiz ustoz
Senga ta'riflar-u tahsinlardir oz
Sen borsan qalblardan ketmas iliq yoz
Ayyoming muborak aziz muallim!