Get Mystery Box with random crypto!

OTA. Chõpon bõlib suruv-suruv qõy boqadi, Bola-chaqam deya xa | Fizmatzakovat

OTA.

Chõpon bõlib suruv-suruv qõy boqadi,
Bola-chaqam deya xayol-õy qiladi!
Egnida bir eski chopon, yirtiq kovush,
Tor uyida yuz kishilik tõy qiladi!

Dehqon bõlib sahroni ham bog' qiladi,
Farzandini quchib kõnglin chog' qiladi.
Ota nurab boraverar, borgan sari,
Õg'il bõlsa savlat tõkib, tog' bõladi.

Ba'zan yaxshi, ba'zan rõzg'or tangroq ekan,
Ota bag'ri bu dunyodan kengroq ekan.
Yiqilganda hech kim qolmas atrofingda,
Shu on tilga bir sõz kelar "Ota" degan...

Ilinadi og'zidagi oshini ham,
Kõrsatmaydi, kõzidagi yoshini ham,
Mingta dõsting mard kelolmas, bir otacha,
Õg'il uchun dorga tutar boshini ham.

Kulgusida kõz yoshlari berkingan zot,
Ey, Muhammad, yana qancha kerak isbot?
Men otamning rizoligin olgunimcha,
Tõg'ri yõldan adashtirma meni hayot.


Muallif: Muhammad Ibrohim