Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent sirki direktori qabuliga past boʻyli, jussasi qiltill | Fizika va hayot MRY

Toshkent sirki direktori qabuliga past boʻyli, jussasi qiltillagan, qalin shishali koʻzoynak taqqan ayol kelib, iltimos qildi:

- Ismim Anziratxon. Iloji boʻlsa, meni ishga qabul qilsangiz. Yirtqich hayvonlarni boʻysundiruvchi sifatida ishga olsangiz ham mayli.

Sirk direktori Anziratga boshdan-oyoq diqqat bilan razm solgancha, kulgisini bazoʻr tiyib, sinab koʻrishga ahd qildi.

- Anavi qafasni koʻryapsiz-mi? - dedi u. - Ichidagi yoʻlbarslar soʻnggi kunlarda haddan ortiq quturib ketishyapti, tinchlantiring, ularni.

Anzirat qafas eshigini ochib, yirtqichlar orasiga xotirjam kirdi-da, quloqni qomatga keltirar darajada oʻkirdi:

- QANI, HAYVONLAR, HAMMA JOY-JOYIGA!!!

Kutilmagan bunday holatdan oʻtakasi yorilib ketishiga oz qolgan yoʻlbarslar turgan joyida oʻtirib qoldi. Yoshroq yoʻlbarslardan biri hatto tagini hoʻl ham qilib qoʻydi.

Sirk direktori ham tinchlanib olish uchun dastlab bir stakan suv ichib olgach, soʻradi:

- Siz oldin nima ish qilgansiz?

- 11- «B»ning sinf rahbari edim...

@crazyphysics