Get Mystery Box with random crypto!

#nazariy Fizika so‘zi grekcha «fyuzis» so‘zidan keiib chiqq | FizikaMaxsus|Obloqulov Jamshid

#nazariy

Fizika so‘zi grekcha «fyuzis» so‘zidan keiib chiqqan bo'lib, u tabiat degan
ma’noni anglatadi. Bu so'zni fanga birinchi marta qadimgi Yunon. mutafakkiri Aristotel kiritgan.

Fizika qonunlari u yoki bu hodisalaming miqdoriy xarakteristikalari
orasidagi munosabatlar tarzida ifodalanadi. Bu miqdoriy xarakteristikalar
fizik kattaliklar deb ataladi.

Mexanika fizika fanining bir bo'limi bo'lib, u materiya harakatining eng oddiy
ko'rinishlari-jismlar (yoki biror jism ayrim qismlarijning bir-biriga nisbatan
ko'chishlarini o'rganadi.

Mexanika uch qismdan iborat:
1. Jism harakatini mazkur harakatga ta’sir ko'rsatuvchi sabablar bilan bog'lamagan holda o'rganuvchi qismi kinematika deb ataladi.
2. Jism harakati va unga ta’sir etuvchi kuchlar orasidagi munosabatlami
dinamika o'rganadi.
3. Kuchlar ta’siridagi jismlar muvozanatini statika o'rganadi.

Mexanika qonunlari jismning ixtiyoriy paytdagi vaziyatini aniqlash
imkonini beradi.


@physics_uztg