Get Mystery Box with random crypto!

Testga kirish uchun to‘lov bugun soat 18:00 ga qadar uzaytiril | FISKAL INSTITUT | RASMIY

Testga kirish uchun to‘lov bugun soat 18:00 ga qadar uzaytirildi

Kecha abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

1 oy davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta'lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

DTMning xabar berishicha, 27 iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Unga ko‘ra test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun, 28 iyul kuni soat 18:00 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt