Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent soliq texnikumi ilk bitiru | FISKAL INSTITUT | RASMIY

Joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent soliq texnikumi ilk bitiruvchilariga Davlat namunasidagi diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev, Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i T.Ruzikulov, Fiskal institut rahbariyati, Toshkent soliq texnikumi jamoasi, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Fiskal institut rahbariyati hamda texnikum oʻqituvchilari yoshlarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.

Tadbir davomida texnikumni aʼlo baholarga tamomlab, doimiy ravishda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan zukko oʻquvchilar Fiskal institut rahbariyati tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt