Get Mystery Box with random crypto!

#psy_read Далер Бобоев: Inson zotining xotirasida muqim joy | Filolog qaydlari

#psy_read

Далер Бобоев:

Inson zotining xotirasida muqim joylashgan, ammo tark etmas bir qusuri shuki, Hayot deb atalmish vaqt oralig’i Abadiyat oldida misli - Quyoshning zarin nurlar ostida jilovlanayotgan, ko’rkam kapalagning bir qanot qoqish yetgulik lahza kabidir! Umrimizning qisqaligi, biz his etishimiz mumkin bo’lgan rang-barang hissiyotlar va hayotiy vaziyatlar turfaligiga ma’lum ma’noda sarhadlar qo’yilgan bo’ladi. Shu chegaralarni olib tashlaydigan, Vaqt va Zamon osha Nazar solish imkonini - biz sevib o’qiydigan Badiiy ADABIYOT durdonalarigina qodir.
Adabiyot atalmish g’aroyib olamgina, o’lim jazosiga mahkum etilgan insonning ichki kechinmalarini (Viktor Gyugoning «O’limga hukum etilgan mahbusning oxirgi kuni»); bittagina madlena pishirig’ining tamidan - o’tib ketgan bolalik xotiralarining jonlanishi ( Marsel Prustning «Yo’qotilgan vaqtning izidan»); Mokondoda yashovchilarning yolg’izlik alamlari (Gabriel Markesning «Yolg’izlikning yuz yili»); o’limning nechog’liq kelishini kutish va uni ongli ravishta tahlil qilish qiyinligi ( Lev Tolstoyning «Ivan Ilyichning o’limi»); bir deviatsiyaning insonda shakllanishi-yu va qilingan jirkanch ishlarini oqlashda asar qahramoning mohirona o’rinish (Vladimir Nabokovning «Lolita»); bechora fermada yashovchi hayvonlarni. o’zinig maqsadlari yo’lida so’zlar orqali manipulyatsiya qilish uslublari (Jorj Oruellning «Molxona»); pulga o’ch bo’lishning insoniylik hislatlaridan ayirishi (Onore de Balzakning «Gobsek», Nikolay Gogolning «O’lik jonlar», Sadriddin Aynining «Sudxo’rning o’limi») - siz boshingizdan kechirish mumkin bo’lmagan shuncha hislar va vaziyatlarni o’zingizning qalbingizdan kechirish imkonini beradi
Adabiyot nafaqat insonning ongu-shuurini shakllantirishga qodir, balki estetik qoniqish hosil qiladi. Kayfiyatimizga o’zining kuchli ta’sirini ko’rsatibgina qolmay, O’zimizga butkul o’zgacha nazar solishga undaydi va bizni sal bo’lsa ham ezgulik, mehrga va qanoatga chorlaydi. Shuning uchun-mi psixoterapiyada alohida tarmoq sifatida Biblioterapiya shakllangan. Nafis so’z san’ati ila Qalblarga shifo beraylik!