Get Mystery Box with random crypto!

'Dok-1 Maks' dorisi sababli o‘lgan bolalar soni 19ta bo‘ldi. B | https://t.me/Fikrlardan_Parcha

"Dok-1 Maks" dorisi sababli o‘lgan bolalar soni 19ta bo‘ldi. Bu faqatgina rasmiy ma'lumot. Aslida nechta, siz tahmin qiling.

Bolalarning aybi nima edi?
Aybi O‘zbekistonda tug‘ilganimi?

Lekin... Lekin, Tibbiyot vaziri ishdan olinmadi. Hech bir amaldor xalqdan kechirim so‘ramadi. Katta va asosiy aybdorlar jazolanmadi. Motam e'lon qilinmadi. Aksincha, bayramga tayyorgarliklar avjida.

Endi bir savol:
19ta boladan bittasi Prezident nevarasi bo‘lganida nima qilinardi? Vaziyat hozirgidek bo‘larmidi?

Menimcha yo‘q. Vazir ham, dori mafiyasi kattalari ham qamalardi. Yetti sulolasi mahallada bosh ko‘tarolmaydigan bo‘lardi. Mol-mulki musodara qilinardi.

Shunday ekan, "xalqim, adolat, tenglik" kabi gaplar minbarda aytilsa, safsataning g‘irt o‘zidir. Eng kamida men uchun!

@sanjar_xoja